Superliga: Mavsumning eng yaxshi futbolchisi va murabbiyi nomiga da’vogarlar e’lon qilindi

eʼlon qilindi
Chempionlikni nishonlayotgan «Neftchi» / Foto: pfl.uz

O‘zbekiston Professional futbol ligasi (O‘zPFL) joriy mavsum yakunlariga ko‘ra, «Yilning eng yaxshi murabbiyi» va «Yilning eng yaxshi futbolchisi» nominatsiyalari uchun nomzodlarni e’lon qildi.

Ro‘yxatdan 4 nafar murabbiy va 9 nafar futbolchi o‘rin olgan. Murabbiylar orasida «Paxtakor» ustozi Kamoliddin Tojiyev, «Dinamo»dan Vadim Abramov, «Neftchi»dan Vitaliy Levchenko va «Bunyotkor»dan Ilyos Zeytullayev g‘oliblik uchun kurashadi. Tahlilchilar asosiy raqobat «Sherlar» ustozi Tojiyev va Farg‘ona klubini tartibli jamoaga aylantirgan Levchenko o‘rtasida kechishini taxmin qilmoqda.

Foto: UzPFL

Futbolchilar orasida «Paxtakor» hujumchisi Igor Sergeyev 19 ta gol bilan mavsumning eng yaxshi to‘purari bo‘lib turibdi. Biroq umumiy gol va assistlar bo‘yicha «So‘g‘diyona» vakili Lyupcho Doriyev yetakchilik qilmoqda. Uning hisobida 16 gol va 9 assist mavjud. Doriyev, shuningdek, maydonda eng ko‘p vaqt o‘tkazgan futbolchi hisoblanadi.

Foto: UzPFL

Nomzodlar soni bo‘yicha «Neftchi» klubi ustunlik qilmoqda. Jamoaning uch nafar a’zosi Jamshid Iskanderov, tayanch yarim himoyachilari Abrorbek Ismoilov va Ikromjon Aliboyev ro‘yxatga kiritilgan. Shuningdek, Oybek Bozorov («Nasaf») va Xurshid G‘iyosov (OKMK) hamda «Dinamo» vakili Jurani Ferreira ham sovrin uchun kurash olib boradi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Neftchi» 24 yildan so‘ng yana mamlakat chempionligini qo‘lga kiritgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek