Toshkentda daraxtlarni sug‘orish bo‘yicha cheklovlar bekor qilindi

Toshkent shahrida daraxt va o‘simliklarni sug‘orish vaqti bo‘yicha amalda bo‘lgan cheklovlar bekor qilindi. Bu haqda hokimiyat prezident Shavkat Mirziyoyevning tegishli farmoniga tayanib ma’lum qildi.
Avval sug‘orishga faqat tungi soat 00:00 dan 05:00 gacha ruxsat berilgan edi. Endi esa daraxt va o‘simliklarni kun davomida istalgan vaqtda sug‘orish mumkin bo‘ladi.
Shuningdek, asosiy yo‘llar bo‘ylab o‘suvchi butalarni haftasiga kamida uch marta yuvish rejalashtirilgan. Ko‘p qavatli uylar esa suvni tejash imkonini beradigan maxsus rezervuarlar bilan jihozlanadi.
Ushbu choralar shaharda namlik va kislorod miqdorini ko‘paytiradi, ekologik muhitni yaxshilaydi, yashil maydonlarni kengaytiradi va chang miqdorini kamaytiradi. Natijada shahar ko‘chalarida yashash yanada qulay bo‘lishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan O‘zbekistonda yomg‘ir so‘rab Istisqo namozi o‘qilishi haqida yozgan yozgan edi.