O‘zbekiston Superligasi o‘yinini ilk bor ayol hakamlar boshqaradi

26-noyabr 2025 15:09 eʼlon qilindi

Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir
Foto: O‘FA

29-noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan Superliganing 30-turidan o‘rin olgan «Qizilqum» va «Sho‘rtan» uchrashuvida chempionat tarixida ilk bor to‘liq ayol hakamlar jamoasi ishlaydi. Bu haqda O‘FA xabar berdi.

Uchrashuv bosh hakami etib Nasibabonu Toshmuhammedova tayinlandi. Unga qanotlarda yordamchi hakamlar Kristina Sereda va Zilola Rahmatova ko‘maklashadi.

Foto: O‘FA

Ma’lumot uchun, Superliganing 28-turida Kristina Sereda «OKMK» va «Navbahor» bahsida, Nasibabonu Toshmuhammedova esa «Nasaf» hamda «Mash’al» uchrashuvida AVAR hakamlari sifatida ishlagan edi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Superligada mavsumning eng yaxshi futbolchisi va murabbiyi nomiga da’vogarlar e’lon qilingani haqida xabar berildi.

Shuningdek