Youtube blogerga bitta shorts uchun 25 ming dollar to‘ladi

eʼlon qilindi
Ikki yil oldin joylangan video 1 mlrd marta ko‘rilgan
Zach King / Foto: The Sun

Amerikalik bloger Zach King o‘zining Youtube’dagi qisqa videosi ortidan qancha daromad topganini ma’lum qildi. 1 milliard martadan ortiq tomosha qilingan shorts ijodkorga $25,7 ming (328 million so‘m) daromad keltirgan.

Blogerning aytishicha, ushbu video daromaddan tashqari kanal rivoji uchun ham katta hissa qo‘shgan. Aynan shu rolik ortidan uning sahifasiga 3 million yangi obunachi a’zo bo‘lgan. Videoda u ko‘cha devoriga sprey bo‘yoq yordamida narvon rasmini chizadi va kutilmaganda rasm haqiqiy narvonga aylanib, u orqali qorovuldan qochib ketadi.

Zach King amerikalik youtuber va rejissyor bo‘lib, o‘zining videolari bilan mashhur. U kompyuter grafikasisiz, faqat mohirona montaj va rakurslar orqali vizual illyuziyalar yaratishi bilan ajralib turadi.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistonlik bloger Uill Smitga chopon sovg‘a qilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek