XVJ O‘zbekistonga yangi soliq imtiyozlarini cheklashni tavsiya qildi

eʼlon qilindi
Davlat korxonalarini xususiylashtirish lozimligi ham eslatib o‘tildi
XFJ
XVJ O‘zbekistonga yangi soliq imtiyozlarini cheklashni tavsiya qildi / Foto: Stock_Market_Visuals

Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) va O‘zbekiston rahbariyati 2025-yil 17 – 25 noyabr kunlari uchrashuv o‘tkazdi. Unda mamlakat iqtisodiyoti, moliya, soliq, pul-kredit va boshqa muhim sohalardagi yutuq va kamchiliklar tahlil qilinib, tegishli tavsiyalar berildi.

Xalqaro valyuta jamg‘armasining O‘zbekiston bo‘yicha missiyasi rahbari Yasser Abdix yakuniy xulosalar bilan bo‘lishdi. Qayd etilishicha, iqtisodiy o‘sish barqaror, 2025-yilning birinchi uch choragida real YIM 7,6 foizga oshgan. Inflyatsiya esa oktabr oxirida 7,8 va 6,6 foizga tushgan. Uy xo‘jaliklarini kreditlash sezilarli darajada oshdi. Mamlakatning chet el bilan moliyaviy munosabatlarida, ya’ni import va eksport, xorijiy to‘lovlar va tushumlar balansida muvozanat yaxshilanganni ta’kidlandi.

Kelajakda real YIM o‘sishi joriy yilda yetti foizdan oshdi. 2026-yilda esa taxminan olti foiz oshishi kutilmoqda. Inflyatsiya 2027-yil oxirigacha besh foizga yaqinlashadi. Xatarlar sifatida budjetdan ortiq tushumlar va kredit dasturlarini kengaytirish, shuningdek, global vaziyat va tovar narxlarining o‘zgarishi ko‘rsatilgan.

Oʻzbekiston budjet xarajatlarini nazorat qilishni davom ettiradi va konsolidatsiyalashgan defitsitni YIMning uch foizi darajasida ushlab turadi. Soliq bazasini kengaytirish va yangi soliq imtiyozlarini cheklash zarurligi eslatib oʻtildi.

Pul-kredit siyosati inflyatsiyani kamaytirishga yo‘naltirilgan. Siyosat stavkasi mart oyidan beri 14 foizda saqlanmoqda. Valyuta kursining moslashuvchanligi inflyatsiyani nazorat qilish va tashqi zarbalarga chidamlilikni oshirishga yordam beradi, deyiladi tahlilda.

Moliya sektori islohotlarini tezlashtirish, davlat korxonalarini xususiylashtirish va tuzilma islohotlarini davom ettirish iqtisodiy samaradorlikni oshiradi va raqobatni kuchaytiradi. Shuningdek, XVJ vakillari O‘zbekiston hokimiyatlariga iliq kutib olishlari va hamkorlik uchun minnatdorlik bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston 2030-yilda YIMni 200 milliard dollarga yetkazishni rejalashtirayotgani haqida yozgan edik.

Shuningdek