
Samsung kompaniyasining navbatdagi o‘rta segment modeli Samsung Galaxy A37 haqida ilk ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Bu haqda Sammobile xabar bermoqda.
SM-A376B indeksi ostida ro‘yxatga tushgan qurilma Geekbench bazasida sinovdan o‘tgan va u Exynos 1480 protsessorida ishlashi tasdiqlandi.
Exynos 1480 avval Galaxy A55’da qo‘llangan bo‘lib, AMD grafik texnologiyasiga asoslangan GPU bilan jihozlangan. Bu esa o‘yindagi unumdorlikni oshirishi kutiladi.
Galaxy A37 bir yadroli sinovda 1158 ball, ko‘p yadroli sinovda esa 4401 ball to‘plagan. Taqqoslash uchun Galaxy A36 mos ravishda 1000 va 2900 ball atrofida natija ko‘rsatadi. Demak, yangi model taxminan 15 foiz tezroq ishlaydi. Qurilmada 6 GB operativ xotira qayd etilgan.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Samsung‘ning budjet smartfonlari One UI 8 yangilanishini olgani haqida yozgan edi.