Fransiya sudi Nikolya Sarkoziga nisbatan ikkinchi hukmni tasdiqladi

eʼlon qilindi
Sarkozi bir yillik qamoq jazosiga hukm qilindi
Nikolya Sarkozi / Foto: Politico

Fransiya sudi sobiq prezident Nikolya Sarkoziga bir yillik qamoq jazosi tayinladi, shundan olti oyi shartli, qolgan olti oyi esa elektron bilaguzuk taqish bilan almashtirilishi mumkin. Bu haqda DW xabar bermoqda.

Sud jarayoni markazida 2012-yilgi saylov kampaniyasi xarajatlari turibdi. Sarkozi o‘shanda qonunda belgilangan 22,5 mln yevrolik limitni deyarli ikki baravar oshirib yuborgan. Bygmalion kompaniyasi sobiq prezident partiyasiga soxta hisob-fakturalar taqdim etish orqali ushbu oshiqcha xarajatlarni yashirgan. Sarkozi kampaniyani noqonuniy moliyalashtirishda aybdor deb topildi.

Sarkozi 2024-yil dekabrida sudyani pora evaziga og‘dirib olishga uringani uchun bir yillik qamoq jazosiga (elektron bilaguzuk bilan) hukm qilingan edi. 2025-yil sentabr oyida esa Liviya mablag‘larini noqonuniy o‘zlashtirish va jinoiy guruh tuzish ishi bo‘yicha besh yillik qamoq jazosiga tortilgan, biroq noyabr boshida muddatidan oldin ozod etilgan edi.

Sobiq prezident o‘z aybsizligini ta’kidlashda davom etmoqda va 10-dekabrda qamoqxona hayoti haqidagi «Mahbus kundaligi» kitobini nashr etishni rejalashtirgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Nikolya Sarkozi besh yillik qamoq jazosini o‘tashni boshlagani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek