Geely Galaxy V900 miniveni Ginnes rekordini yangiladi

27-noyabr 2025 15:34 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Foto: Geely

Geely Galaxy V900 miniveni 42 kishini sig‘dirib, Ginnes rekordini yangiladi. Bu haqda CarNewsChina xabar bermoqda.

Geely ma’lumotiga ko‘ra, Galaxy V900 salonining umumiy maydoni 8,41 kvadrat metr. Ichki makondan foydalanish koeffitsienti esa 91,8 foiz. Aynan shu o‘lchamlar rekordni amalga oshirishga imkon bergan.

Foto: Geely

Galaxy V900 LEVC L380 elektr MPV modelining EREV versiyasidir. U 10-sentabr kuni Xitoyda sotuv uchun ruxsat olgan. 21-noyabr kuni Guangjou avtosalonida taqdim etildi. Shundan so‘ng kompaniya 27-oktabr kuni o‘rnatilgan rekord bo‘yicha rasmiy ma’lumotni e’lon qildi.

Rekord davomida miniven ichiga bo‘yi o‘rtacha 170 sm bo‘lgan 42 nafar raqqosa joylashtirilgan. Qatorlar orasidagi masofa bir metrdan oshgani tajribani osonlashtirgan. Shunga qaramay, boshqa segmentlarni olayotgan bo‘lsak, 2015-yilda Toyota RAV4 modeli 41 kishini sig‘dirgan.

Foto: Geely

Texnik qismiga ko‘ra, Galaxy V900 kapoti ostida 1,5 litrli turbo generator o‘rnatilgan. Uning quvvati 120 kVt. Model 43,3 kVt/soat va 50 kVt/soat sig‘imdagi ikkita NMC akkumulyator bilan taklif etiladi. Elektr yurish masofasi CLTC standarti bo‘yicha 165-202 km. Batareya to‘liq tugaganda yonilg‘i sarfi 7–7,2 litr/100 km atrofida bo‘ladi. Elektr motorlari va narxlar bo‘yicha hozircha rasmiy ma’lumot berilmagan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Audi E5 Sportback modeli bilan yangi rekord o‘rnatgani haqida yozgan edi.

Shuningdek