Leonid Fedun «Lukoil»dagi 10 foiz ulushini sotdi

eʼlon qilindi
Biznesmenning kompaniyadagi ulushi taxminan $7 milliardga baholanmoqda
Foto: The Moscow Times

«Lukoil» kompaniyasi hammuassisi Leonid Fedun o‘zining $7 mlrdlik ulushini kompaniyaga qayta sotdi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.

Kelib chiqishi ukrainalik bo‘lgan va ayni paytda Monakoda istiqomat qiluvchi 69 yoshli Leonid Fedun «Lukoil»dagi taxminan 10 foiz ulushini sotgan. Hisob-kitoblariga ko‘ra, ushbu paketning bozor qiymati $7 milliard atrofida bo‘lgan, biroq Fedun aynan qancha mablag‘ olgani noma’lum.

Foto: Open Source Investigations

Rossiyaning Ukrainaga bosqini ortidan g‘arb sanksiyalari bosimi ostida qolgan «Lukoil» so‘nggi paytlarda xorijiy aktivlarini sotishga va faoliyatini qisqartirishga majbur bo‘lmoqda. Tahlilchilar kompaniya kelajakda davlat nazoratidagi «Rosneft» tomonidan sotib olinishi mumkinligini taxmin qilishmoqda.

Fedun 2022-yil iyun oyida vitse-prezident lavozimini tark etgan va o‘sha yilning avgustida «Spartak» futbol klubidagi ulushini ham sotgan edi. «Lukoil»ning yana bir asoschisi Vagit Alekperov sanksiyalar sababli bosh direktor lavozimidan ketgan bo‘lsa-da, manbalarga ko‘ra, u parda ortida kompaniya boshqaruvida ishtirok etishda davom etmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Gunvor AQSh bosimi sababli «Lukoil» aktivlarini sotib olmasligi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek