Mozori Sharifda O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan maishiy texnika markazi ochildi

eʼlon qilindi
Uzelectronics kompaniyasi tomonidan
Foto: Savdo-sanoat palatasi

Afg‘onistonning Mozori Sharif shahrida o‘zbek ishlab chiqaruvchilari Uzelectronics kompaniyasi mahsulotlarini taqdim etuvchi yirik maishiy texnika savdo markazi ish boshladi. Bu haqda Savdo-sanoat palatasi xabar berdi.

Mazkur kompleks «O‘zeltеxsanoat» uyushmasi va Savdo-sanoat palatasi hamkorligida tashkil etilgan. 1,2 ming kvadrat metr maydonda 25 ta brendga tegishli 500 dan ortiq elektr jihozlari — televizorlar, sovutkichlar, isitgichlar, oshxona texnikasi va boshqa maishiy qurilmalar namoyish etilgan.

Markazda yoritish texnikasi, transformatorlar, mis simlar va doimiy yangilanib boradigan boshqa mahsulotlar ham sotuvga qo‘yilgan. Loyiha doirasida Afg‘oniston ishlab chiqaruvchilarining mahsulotlarini O‘zbekistonda taqdim etish rejalashtirilgan.

«O‘zeltеxsanoat» va Savdo-sanoat palatasi yaqin kunlarda Kobul shahrida yana bir yirik multibrend savdo markazini ochishni ham maqsad qilgan.

Avvalroq «Kursiv» nashri O‘zbekiston va Turkmaniston «Shovot-Toshhovuz» qo‘shma chegaraoldi savdo zonasini ishga tushirgani haqida yozgandi.

Shuningdek