Adliya tizimida tayinlovlar, XVJning O‘zbekistonga tavsiyalari, Tojikiston-Afg‘oniston chegarasida otishma hamda Sindarovning tantanali kutib olinishi — 27-noyabr kungi yangiliklar dayjesti


Adliya tizimida yangi tayinlovlar: vazirga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
27-noyabr kuni prezident qarori bilan Adliya vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati sahifasida e’lon qilindi.

Tojikiston chegara hududiga Afg‘oniston tomonidan qurolli hujum sodir etildi
Tojikistonning Shamsiddin Shohin tumanidagi chegara hududida Afg‘oniston tomonidan qurolli hujum sodir etildi. Bu haqda Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi xabar bermoqda.

O‘zbekiston bozorlarida havo tozalagichlar narxi keskin oshdi
Toshkentdagi «Malika» maishiy texnika bozorida havo tozalagichlar va uy namlagichlari narxi sezilarli ravishda oshdi. Sotuvchilar ulgurji partiyalar qimmatlasha boshlaganini, bojxona bojlari bekor qilingach kutilgan arzonlashuv esa hali bozorga yetib kelmaganini aytmoqda. Poytaxtda havo sifati yomonlashgani ortidan talab oshgani narxlarning yanada ko‘tarilishiga sabab bo‘lgan.

O‘zbekistonda aliment to‘lovchi fuqarolarga chet elga chiqishga ruxsat berildi
O‘zbekistonda aliment to‘lovchi fuqarolar endi maxsus sug‘urta polisi orqali uch oygacha muddatga chet davlatlarga borib kelishi mumkin bo‘ladi. Bu tartib amaldagi nizomga kiritilgan qo‘shimchalar asosida joriy etildi.

FIDE Jahon shaxmat kubogi sohibi Javohir Sindarov uch xonali uy bilan taqdirlandi
27-noyabr kuni 19 yoshli grossmeyster, FIDE Jahon shaxmat kubogi sohibi Javohir Sindarov O‘zbekistonga yetib keldi. Chempion poytaxt xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olindi.

XVJ O‘zbekistonga yangi soliq imtiyozlarini cheklashni tavsiya qildi
Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) va O‘zbekiston rahbariyati 2025-yil 17 – 25 noyabr kunlari uchrashuv o‘tkazdi. Unda mamlakat iqtisodiyoti, moliya, soliq, pul-kredit va boshqa muhim sohalardagi yutuq va kamchiliklar tahlil qilinib, tegishli tavsiyalar berildi.

Statistikani rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqiladi
Shavkat Mirziyoyev Milliy statistika qo‘mitasining amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisobotini ko‘rib chiqdi. Unda statistik boshqaruvni yangilash, ma’lumotlar sifatini oshirish va raqamlashtirish jarayoni muhokama qilindi, deya xabar bermoqda prezident matbuot xizmati.