Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning normativ qiymati aniqlanadi

eʼlon qilindi
Normativ qiymatlar davlat yer kadastriga kiritiladi
Yer maydoni
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning normativ qiymati aniqlanadi / Foto: Organika.az

Hukumat qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yerlarning normativ qiymatini aniqlash bo‘yicha nizomni tasdiqladi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Ushbu nizomga ko‘ra, normativ qiymat yerning normativ ko‘rsatkichlari, yer kadastri, ekilgan qishloq xo‘jaligi ekinlari va tuproq bonitet ballari ma’lumotlari hisobga olingan holda, foyda va rentabellikka asoslangan daromadli yondashuv orqali aniqlanadi.

Aniqlangan normativ qiymatlar davlat yer kadastriga kiritiladi. Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar normativ qiymatni aniqlash obyekti hisoblanadi.

Normativ qiymatni Qishloq xo‘jaligi vazirligining «O‘zdavyerloyiha» davlat ilmiy-loyihalashtirish instituti belgilaydi. Har bir xo‘jalik tovar ishlab chiqaruvchisi uchun qishloq xo‘jaligi ekin maydonlari va boshqa baholangan yerlarning normativ qiymati bo‘yicha ma’lumotnoma tuziladi.

Ma’lumotnoma xo‘jalik tovar ishlab chiqaruvchisiga topshirish uchun «Elektron hukumat» tizimi orqali Soliq qo‘mitasiga taqdim etiladi. Normativ qiymatning hisob-kitobi natijalari ming so‘mgacha aniqlikda ko‘rsatiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq yangi paxta navlarini yaratish uchun Genomika markazi tashkil etilishi haqida yozgan edik.

Shuningdek