Azimut aviakompaniyasi Rostovdan Termizga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
eʼlon qilindi
Bu bo‘yicha aviakompaniya Rosaviatsiyadan ruxsat so‘radi

Rossiyaning Azimut aviakompaniyasi Rostov-na-Donu shahridagi Platov aeroporti orqali Termiz va bir qancha shaharlarga parvozlarni amalga oshirmoqchi. Bu bo‘yicha aviakompaniya Rosaviatsiyadan ruxsat so‘radi.
Aviakompaniya quyidagi yo‘nalishlarda muntazam parvozlar yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda:
- Rostov–Amman (Iordaniya) — haftasiga 7 martadan ko‘p bo‘lmagan;
- Rostov–Maskat (Oman) — haftasiga 14 martagacha;
- Rostov–Temriz (O‘zbekiston) — haftasiga 7 martadan ko‘p bo‘lmagan;
- Rostov–Dushanbe va Rostov–Xo‘jand (Tojikiston) — har biri bo‘yicha haftasiga 7 martadan ko‘p bo‘lmagan.
Ma’lumot uchun, Rostovdagi Platov aeroporti 2022-yil fevralidan buyon yopiq. Bu holat Rossiyaning Ukraina bo‘yicha olib borayotgan maxsus operatsiyasi bilan bog‘liq.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Centrum Air 2026-yilda Frankfurt va Kopengagenga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yishi haqida yozgandi.