World Boxing’ga mezbonlik qiluvchi Toshkent, AQShdagi o‘zbekistonliklarga ogohlantirish — 28-noyabrning muhim yangiliklari

eʼlon qilindi
Kursiv Uzbekistan yangiliklari
Foto: Kursiv Uzbekistan

Kursiv Uzbekistan 28-noyabrning muhim yangiliklarini bir joyga jamladi.

O‘zbekistonda yuridik ta’lim tizimi isloh qilinadi

O‘zbekistonda yuridik ta’lim tizimi isloh qilinadi
O‘zbekistonda yuridik ta’lim tizimi isloh qilinadi / Foto: Ochiq manbadan

Prezident «O‘zbekistonda yuridik ta’lim va ilm-fanni yanada isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonni imzoladi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Farmonga ko‘ra, birinchidan, yuridik ta’lim sifatini va samaradorligini nazorat qilish kuchaytiriladi. Ikkinchidan, Toshkent davlat yuridik universiteti 2030-yilga qadar Quacquarelli Symonds reytingida huquq sohasidagi yuqori mingtalik universitetlar qatoriga kirishi ta’minlanadi.

AQShda noqonuniy yurgan o‘zbekistonliklar ogohlantirildi

O‘zbekistonliklarga «JCh-2026» uchun AQSh vizasini oldindan olish tavsiya etildi
Foto: Unsplash

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi AQSh hududida noqonuniy migrantlarga qarshi kuchaytirilgan tekshiruvlar boshlanganini ma’lum qildi. Bu haqda vazirlik matbuot kotibi Axror Burxanov o‘z Telegram kanalida xabar bergan.

Unga ko‘ra, so‘nggi kunlarda AQSh bo‘ylab federal migratsiya organlari tomonidan keng ko‘lamli reydlar o‘tkazilmoqda. Federal trassalarda haydovchilarning hujjatlari, haydovchilik guvohnomasining haqiqiyligi, muddati, ularning ishga ruxsatnomasi va migratsion maqomi sinchiklab tekshirilmoqda. Bundan tashqari, inspektorlar haydovchilarning ingliz tilidagi muloqot darajasiga ham e’tibor qaratmoqda.

28-noyabr kuni xorijiy valyutalarni qaysi banklarda qulay narxda almashtirish mumkin

dollar
Foto: Unsplash

Tijorat banklari 28-noyabr kungi xorijiy valyutalarni ayirboshlash kurslarini yangiladi. Kursiv Uzbekistan eng yaxshi narxdagi xorijiy valyuta kurslari haqidagi ma’lumotni taqdim qiladi.

Valyuta sotib olish uchun eng qulay banklar

ValyutaEng yuqori kurs (sotib olish)Bank nomi
USD11 910 so‘m«Universalbank»
EUR13 830 so‘m«Milliybank»
RUB152 so‘m«Anorbank», «Infinbank»

Valyuta sotish uchun eng qulay banklar

ValyutaEng yuqori kurs (sotish)Bank nomi
USD11 890 so‘m«Asakabank»
EUR13 630 so‘m«Milliybank»
RUB143 so‘m«Kapitalbank», «Infinbank»

Bangladeshning sobiq bosh vaziri Sheyx Hasina qamoq jazosiga hukm qilindi

Foto: Al Jazeera

17-noyabr kuni Bangladeshning sobiq bosh vaziri Sheyx Hasina o‘tgan yili talabalar namoyishlarini zo‘ravonlik bilan bostirishda aybdor deb topilib, o‘lim jazosiga hukm qilingandi.

Al Jazeera nashrining xabar berishicha, sobiq bosh vazir davlat loyihasiga tegishli yerlarni noqonuniy olishda aybdor deb topilgan va jami 21 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning normativ qiymati aniqlanadi

Yer maydoni
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning normativ qiymati aniqlanadi / Foto: Organika.az

Hukumat qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yerlarning normativ qiymatini aniqlash bo‘yicha nizomni tasdiqladi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Ushbu nizomga ko‘ra, normativ qiymat yerning normativ ko‘rsatkichlari, yer kadastri, ekilgan qishloq xo‘jaligi ekinlari va tuproq bonitet ballari ma’lumotlari hisobga olingan holda, foyda va rentabellikka asoslangan daromadli yondashuv orqali aniqlanadi.

O‘zbekistonning yangi elchisi Daniya qiroliga ishonch yorliqlarini topshirdi

O‘zbekistonning Daniyadagi yangi elchisi tayinlandi
O‘zbekistonning Daniyadagi yangi elchisi tayinlandi / Foto: «Dunyo» AA

O‘zbekistonning Daniyadagi yangi elchisi Rahmatulla Nurimbetov mamlakat qiroli Frederik X ga ishonch yorliqlarini topshirdi. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi ma’lum qildi.

Marosimdan so‘ng tomonlar siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, texnologik va madaniy-gumanitar sohalarda O‘zbekiston – Daniya hamkorligining bugungi holati va rivojlanish istiqbollarini muhokama etdi.

Dollar kursi o‘zgarishiga 2026-yilda qaysi omillar ta’sir qiladi

Dollar kursi o‘zgarishiga 2026-yilda qaysi omillar ta’sir qiladi
Dollar kursi o‘zgarishiga 2026-yilda qaysi omillar ta’sir qiladi / Foto: depositphotos

2026-yilda dollar kursining o‘zgarishiga bir vaqtning o‘zida bir nechta tashqi va ichki omillar ta’sir qiladi. Bu haqda Markaziy bank tomonidan o‘tkazilgan xalqaro davra suhbatida Markaziy bank raisi o‘rinbosari Nodirbek Achilov Kursiv Uzbekistan’ga ma’lum qildi.

Achilovning aytishicha, tashqi omillar qatoriga tashqi savdo hamkorlaridagi vaziyat, u yerda kurs va inflyatsiya darajasi, shuningdek, iqtisodiy faollik kiradi.

Azimut aviakompaniyasi Rostovdan Termizga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi

Gondurasda kichik samolyot halokatga uchradi
Foto: Unspalsh

Rossiyaning Azimut aviakompaniyasi Rostov-na-Donu shahridagi Platov aeroporti orqali Termiz va bir qancha shaharlarga parvozlarni amalga oshirmoqchi. Bu bo‘yicha aviakompaniya Rosaviatsiyadan ruxsat so‘radi.

O‘zbekistonga taqiqlangan elektron sigaretalarni olib kirganlar 200 mln so‘mgacha jarima to‘laydi

Foto: ijtimoiy tarmoq

Qonunchilikka kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, O‘zbekistonda muomalasi taqiqlangan tamaki mahsulotlari va elektron sigaretalarni tayyorlash, saqlash, olib kirish yoki olib chiqish jiddiy javobgarlikni keltirib chiqaradi.

Agar bunday harakatlar katta miqdorda sodir etilsa yoki oldin ma’muriy jazoga tortilgan bo‘lsa bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) 300 baravaridan 500 baravarigacha miqdorda jarima qo‘llanadi. Yoki 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari, 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Toshkent 2026-yilgi World Boxing kubogi final bosqichiga mezbonlik qiladi

Foto: Pexels

Toshkent 2026-yilgi World Boxing kubogi final bosqichiga mezbonlik qiladi. Bu haqda Boks fedesratsiyasi Telegram kanalida ma’lum qildi.

Liverpulda bo‘lib o‘tgan jahon chempionati davomida World Boxing tashkiloti kubogining final bosqichini o‘tkazish bo‘yicha arizalar qabul qilingandi. O‘zbekiston boks federatsiyasi ham mezbonlik uchun o‘z taqdimotini World Boxing ijroiya qo‘mitasiga taqdim etdi.

Shuningdek