Nurafshonda hokim yordamchisi pora bilan qo‘lga tushdi

eʼlon qilindi
Muqaddam bir necha marotaba sudlangan
Sirdaryoda gumonlanuvchidan pora olgan advokat qo‘lga olindi
Nurafshonda hokim yordamchisi pora bilan qo‘lga tushdi / Foto: ochiq manba

Toshkent viloyati Nurafshon shahrida mahallalardan birida faoliyat yuritgan hokim yordamchisi o‘z mavqeidan foydalanib, fuqarodan pora talab qilgan. Bu haqda DXX matbuot xizmati ma’lum qildi.

Toshkent shahrida yashovchi fuqaro murojaatiga ko‘ra, hokim yordamchisi uni mansabdor tanishlari orqali Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasining Toshkent viloyati boshqarmasiga ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan. U bu «xizmat» evaziga $2 ming talab qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmati Toshkent viloyati boshqarmasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida hokim yordamchisi so‘ralgan pulni tanishlari orqali olayotgan vaqtda ushlandi va uning noqonuniy faoliyatiga chek qo‘yildi.

Ma’lum bo‘lishicha, u ilgari ham bir necha marotaba sudlangan bo‘lib, qilgan ishlaridan tegishli xulosa chiqarmaga. Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi «v» bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, ehtiyot chorasi sifatida qamoq qo‘llangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sirdaryo viloyati Xovos tumanida ikki nafar IIB xodimi pora ustida ushlangan edi.

Shuningdek