Navoiy viloyatida brakonyerlar ekologiya xodimiga kuch ishlatdi — video

eʼlon qilindi
Holat yuzasidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi ma’lumot berdi
Navoiyda brakonyerlar ekologiya xodimiga hujum qilgani bo‘yicha ma’lumot berildi
Navoiyda brakonyerlar ekologiya xodimiga kuch ishlatgani bo‘yicha ma’lumot berildi / Foto: Navoiy viloyati IIB

Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanida ov qurollari bilan qurollangan brakonyerlar ekologiya boshqarmasi tezkor guruhi xodimiga kuch ishlatdi. Bu haqda Rasul Kusherbayev xabar berdi.

Video: Rasul Kusherbayev rasmiy sahifasidan

Kusherbayevga ko‘ra, ular ekolog xodimining qonuniy talabiga bo‘ysunmay, Buxoro viloyatidan yordamga «ko‘cha mafiyasi» guruhini chaqirgan va ularning yordami bilan voqea joyidan qochib ketgan.

Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasi (IIB) ma’lumotiga ko‘ra, brakonyerlarning shaxsi aniqlangan va ular ichki ishlar bo‘limiga olib kelingan. Surishtiruvda ma’lum bo‘lishicha, Buxorodan kelgan besh nafar fuqaro To‘dako‘l hududida noqonuniy ov bilan shug‘ullangan va ekologiya xodimiga qarshilik ko‘rsatgan.

Ularning avtomashinasi ko‘zdan kechirilganda bir dona yovvoyi quyon, ikki dona yovvoyi o‘rdak va ruxsatnomasi bor to‘rtta ov quroli topilgan. Ayni paytda holat bo‘yicha barcha ekspertizalar tayinlanib, tergovga qadar tekshiruv ishlari davom etmoqda.

Avvalroq Qibraydagi 200 dan ortiq issiqxonalarda reyd o‘tkazilgani xabar qilingandi. Unga ko‘ra, 29-noyabrdan 30-noyabrga o‘tar kechasi Qibray tumanida 100 nafar xodim ishtirokida issiqxonalar, qozonxonalar va ishlab chiqarish obyektlari tekshirildi. Tungi reydda 226 ta issiqxona o‘rganilib, ularning aksariyati talablarga to‘liq javob bermasligi aniqlandi.

Shuningdek