O‘zbekistonda ta’lim xizmatlari o‘tgan yilga nisbatan 6,8 foizga o‘sdi
eʼlon qilindi
Ta’lim sohasi ko‘rsatilgan jami bozor xizmatlarining 3,7 foizini tashkil etmoqda

O‘zbekistonda 2025-yilning yanvar – oktabr oylarida ko‘rsatilgan ta’lim sohasidagi xizmatlar hajmi 30,4 trln so‘mni tashkil etdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Ta’lim xizmatlari bozori o‘tgan 2024-yilning mos davri bilan solishtirilganda 6,8 foizga o‘sgan. Ushbu soha mamlakatda ko‘rsatilgan jami bozor xizmatlari umumiy hajmining 3,7 foizini tashkil qilmoqda.
Xizmatlar tarkibida eng katta ulush oliy ta’lim tizimiga to‘g‘ri kelishi keladi. Ta’lim sohasidagi umumiy xizmatlar hajmining 46,6 foizi aynan oliy ta’lim muassasalari hissasiga to‘g‘ri keladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan O‘zbekiston sanoat korxonalari soni 58,6 mingtaga yetgani haqida xabar bergan edi.