Farg‘onada salkam 13 ming dollarlik «Regapen» dori vositasi savdosiga chek qo‘yildi

eʼlon qilindi
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Farg‘onada sal kam 13 ming dollarlik «Regapen» dori vositasi savdosiga chek qo‘yildi / Foto: DXX

Farg‘ona viloyatida tashkil etilgan tezkor tadbirlar natijasida bir necha shaxslar ushlandi va noqonuniy dori hamda giyohvandlik vositalari savdosining oldi olindi. Bu haqda DXX matbuot xizmati ma’lum qildi.

Birinchi holatda, Marg‘ilon shahrida yashovchi 1996-yilda tug‘ilgan fuqaroning «Matiz» rusumli avtomobili tekshirildi. Natijada avtomashina salonida 866 gramm «gashish» moddasi aniqlanib, dalil sifatida olib qo‘yildi. Ma’lum bo‘lishicha, gumonlanuvchi ushbu giyohvandlik vositasini kelgusida sotishni rejalashtirgan.

Foto: DXX

Ikkinchi holatda, Farg‘ona va Andijon shaharlarida yashovchi shaxslar kuchli ta’sir qiluvchi dorilarni noqonuniy sotish bilan shug‘ullanishi bo‘yicha tezkor ma’lumotlar olingan. Shu asosda Farg‘ona shahrida ularni qo‘lga olish tadbiri o‘tkazildi.

Jumladan, Andijon viloyatining Qo‘rg‘ontepa tumanida yashovchi ikki giyohfurush Qirg‘iziston Respublikasidan kontrabanda orqali olib kelingan 4508 dona «Regapen» dorilarini xaridorga $12,8 mingga sotayotgan vaqtida ushlangan.

Hozirda ularga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘onada 1,5 milliard so‘mlik noqonuniy dori vositalari aniqlangan edi.

Shuningdek