OnePlus Ace 6T kamerasi qanday imkoniyatlarga ega

1-dekabr 2025 13:24 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Foto: OnePlus

OnePlus Ace 6T kamerasining imkoniyatlari e’lon qilindi. Ushbu model dunyoda Snapdragon 8 Gen 5 protsessori bilan ishlaydigan birinchi smartfon bo‘ladi.

OnePlus Ace 6T asosiy kamerasi 50 megapikselli Sony sensoriga ega bo‘ladi. OnePlus China prezidenti Li Jyening ta’kidlashicha, ushbu kamera sifat jihatidan narxi taxminan 4 000 yuan (taxminan $565) bo‘lgan premium flagmanlar darajasidagi suratlar olish imkonini beradi.

Smartfonning aniq narxi hali e’lon qilinmagan, biroq kompaniya Ace 6T ushbu segmentdagi raqobatchilardan ancha arzon bo‘lishini bildirib o‘tdi.

Smartfon 6,83 dyuymli OLED displey bilan jihozlanadi. Ekran 1,5K aniqlikka, 165 Hz yangilanish tezligiga ega bo‘ladi. Bu xususiyat yuqori silliqlik va aniq tasvirni ta’minlab, video tomosha qilish hamda gaming uchun qulaylik yaratadi.

OnePlus Ace 6T Snapdragon 8 Gen 5 platformasi tufayli yuqori unumdorlikka ega bo‘lib, kuchli o‘yinlar, ko‘p vazifali ishlash va sun’iy intellekt funksiyalarida yangi avlod imkoniyatlarni taqdim etadi.

Rasmiy taqdimot 3-dekabr kuni bo‘lib o‘tadi. O‘shanda smartfonning to‘liq texnik tavsiflari va sotuv narxlari ham e’lon qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan OnePlus Ace 6T smartfoni qanday imkoniyatlar bilan taqdim etilishi haqida yozgan edi.

Shuningdek