O‘zbekistonda payshanba va juma kunlari yomg‘ir yog‘adi

eʼlon qilindi
Tog‘li hududlarda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin
O‘zbekistonda payshanba va juma kunlari yog‘ingarchilik bo‘ladi / Foto: depositphotos

4 – 6-dekabr oralig‘ida respublikaning bir qator hududlarida yog‘ingarchilik (qor) bo‘lishi kutilmoqda. «O‘zgidromet» 3 – 6-dekabr kunlariga ob-havo prognozini e’lon qildi.

Quyida ob-havo ma’lumoti viloyatlar kesimida:

Hudud (3 – 6 dekabr)Harorat kechasiHarorat kunduziHavo holati
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati-2…7° sovuq+3…+10°O‘zgaruvchan, yog‘ingarchilik yo‘q
Buxoro va Navoiy viloyatlari-3…+5° +6…+15°O‘zgaruvchan, yog‘ingarchilik yo‘q
Toshkent, Samarqand, Sirdaryo, Jizzax viloyatlari-3…+5°+6…+15°O‘zgaruvchan, 4-5-dekabrda ba’zi joylarda yomg’ir, ba’zi joylarga tuman
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari0…5°+8…+18°O‘zgaruvchan, 4–5-dekabrda ayrim joylarda yomg‘ir
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari–3…+5°+6…+13°O‘zgaruvchan, yog‘ingarchilik yo‘q, ba’zi joylarda tuman
Tog‘ oldi va tog‘li hududlar–3…+6°0…+10°4–6 dekabrda yomg‘ir/qor

Avvalroq Toshkent tumanida filtrsiz ishlayotgan issiqxonalarga chora ko‘rilgani xabar berilgandi. Unga ko‘ra, tekshiruv davomida 2 ta issiqxonaning butunlay filtrsiz ishlayotgani, yana bir nechta xo‘jaliklarda esa nosoz filtrlardan foydalanilayotgani aniqlangan. Umumiy hisobda 4 ta issiqxonada filtrlarning nosozligi qayd etildi.

Mazkur holatlar bo‘yicha obyekt egalari bilan tushuntirish ishlari olib borildi. Ularga filtr o‘rnatish majburiy ekani, filtrsiz faoliyat yuritish noqonuniy hisoblanishi hamda bu atmosferaga jiddiy zarar yetkazishi haqida ogohlantirish berildi.

Shuningdek