2-dekabr uchun valyuta kurslari e’lon qilindi

2-dekabr uchun valyuta kurslari e’lon qilindi. Shu kun uchun AQSh valyutasi 11 895,57 so‘m (-45,38 so‘m) etib belgilandi. Bu haqda Markaziy bank xabar bermoqda.
Dollarning so‘nggi kunlardagi o‘zgarishi
24-noyabr uchun 11 971,40 so‘m (+56,73 so‘m), 25-noyabr kuni esa 11 988,32 so‘m (+16,92 so‘m) etib belgilandi. 26-noyabr kuni AQSh valyutasi 11 936,89 so‘mga (-51,43 so‘m), 27-noyabr kuni 11 881,60 so‘mga (-55,29 so‘m), 28-noyabr kuni AQSh valyutasi 11 902,30 so‘mga (+20,7 so‘m) tenglashgan. 1-dekabr kuni dollar 11 940,95 so‘m (+38,65 so‘m) etib belgilandi.

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 11,73 so‘mga oshib, 13 826,22 so‘mni, rubl esa 0,3 so‘mga oshib, 152,98 so‘mni tashkil qildi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Hafta davomida dollar qanchaga pastlagani haqida yozgan edi.