
Belarus o‘zining fuqarolik samolyotini yaratishni rejalashtirmoqda. Bu haqda respublika prezidenti ma’muriyati rahbari Dmitriy Krutoy «Belarus 1» telekanalida ma’lum qilgan, deya xabar bermoqda Interfaks.
Hozirgi kunda mamlakat aviatsiya sanoatini deyarli noldan o‘zlashtirmoqda. Ishlab chiqarish hajmi sezilarli o‘sib, 30% dan uch baravargacha ortgan. Rossiyaning asosiy aviatsiya zavodlari bilan, jumladan Bаranovichidagi 558-zavod, Minskdagi fuqarolik aviatsiyasi zavodi va Orsha aviatsiya ta’mirlash zavodi bilan yaxshi aloqalar mavjud.
Ayni vaqtda bir necha ishlab chiqarish korpuslari qurilmoqda. Ular bo‘yashdan tortib, samolyotlar uchun murakkab uzun detallar ishlab chiqarishni qamrab oladi. Ushbu detallarni Rossiya ishlab chiqaruvchilari yetkazib beradi. Hozircha tizimli ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilmagan, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda 2030-yilgacha fuqarolik aviatsiyasi sohasini rivojlantirish bo‘yicha yangi dastur tasdiqlangani haqida xabar bergan edik.