Kichik halqa avtomobil yo‘li bosqichma-bosqich yangilanmoqda

Poytaxtning Kichik halqa avtomobil yo‘lida rekonstruksiya ishlari bosqichma-bosqich olib borilmoqda. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Loyiha doirasida eng muhim qism bo‘lmish 15,7 km yo‘l to‘liq ta’mirdan chiqarildi. Yangilanish ishlari doirasida yo‘lga yuqori sifatli va mustahkam PShMA asfalt qatlami yotqizildi. Shuningdek, 18 750 metr drenaj tizimi to‘liq yangilandi va 39 045 metr bordyur o‘rnatildi.

Hozirgi kunda Uchtepa tumanidagi bir tomonlama yo‘lning 2,5 kmlik qismida (umumiy 5 km) ta’mirlash ishlari davom etmoqda. Rejaga muvofiq, yo‘l 2-dekabrdan foydalanishga topshiriladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq mutasaddilar prezidentga poytaxt va hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha hisobot bergani haqida xabar qilgan edik.