O‘zbekistonga dengiz mahsulotlari importi 23 foizga oshdi

eʼlon qilindi
O‘zbekistonga eng ko‘p dengiz mahsulotlari Rossiyadan keltirilgan
O‘zbekistonga dengiz mahsulotlari importi 23 foizga oshdi
O‘zbekistonga dengiz mahsulotlari importi 23 foizga oshdi / Foto: depositphotos

2025-yilning yanvar – oktabr oylarida O‘zbekiston 31 ta davlatdan jami 12,2 ming tonna baliq va dengiz mahsulotlarini import qilgan.

Milliy statistika qo‘mitasiga ko‘ra, import qiymati qariyb $28,9 millionni tashkil etgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,3 ming tonnaga yoki 23,3 foizga ko‘p.

O‘zbekistonga eng ko‘p dengiz mahsulotlari Rossiyadan (5,8 ming tonna) keltirilgan. Shuningdek, davlatlar ro‘yxatida Vyetnam (3,3 ming tonna) va Norvegiya (1 ming tonna) ham yuqori uchlikdan o‘rin olgan.

Shuningdek, Litvadan 705,6 tonna, Qozog‘istondan 657,1 tonna, Buyuk Britaniyadan 140 tonna va Farer orollaridan 138,3 tonna dengiz mahsulotlari olib kirilgan. Boshqa davlatlardan esa jami 379,2 tonna import amalga oshirilgan.

Avvalroq O‘zbekistonda gulmohi balig‘ini yetishtirish ommalashtirilishi xabar qilingandi. Unga ko‘ra, davlat rahbari mutasaddilarga gulmohi yetishtirish mumkin bo‘lgan tumanlarni aniqlash va bu tajribani butun respublika bo‘ylab ommalashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Shuningdek, Niderlandiya bilan hamkorlikda baliq ozuqasi ishlab chiqarish, Norindagi tik quduqlar yonida sun’iy hovuzlar qurib aholiga bo‘lib berish vazifalari belgilandi.

Shuningdek