Islombek Ismoilov «Neftchi» klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi

2-dekabr 2025 11:44 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Foto: Farg‘ona viloyati hokimligi matbuot xizmati

O‘zbekiston U-17 terma jamoasi sobiq murabbiyi Islombek Ismoilov «Neftchi» klubining yangi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda Farg‘ona viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

U O‘zbekiston U-17 terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida jamoani Osiyo chempionligiga olib kelgan hamda U-17 Jahon chempionatida nimchorak final bosqichiga yetaklagan.

Bu natijalar yoshlar futboli tarixidagi eng muhim yutuqlardan biri hisoblanadi. Terma jamoa Ismoilov qo‘l ostida zamonaviy, intizomli va jamoaviy o‘yin namoyish etgan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Timur Kapadze «Navbahor» bosh murabbiyiga aylangani haqida yozgan edi.

Shuningdek