Moskva sudi faqat o‘zbekistonliklarni ishga olishga oid e’lonlarni taqiqladi

eʼlon qilindi
E’lonlar joylashtirilgan internet manzillari bloklanadi
Moskva sudi faqat o‘zbekistonliklarni ishga olishga oid e’lonlarni taqiqladi
Foto: TASS

Moskva sudi O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolariga ustuvorlik berilgan ish e’lonlarini tarqatishni taqiqladi. Bu haqda «RIA Novosti» sud materiallariga tayanib xabar berdi.

Prokuratura internetda ayrim ish beruvchilar tomonidan joylashtirilgan e’lonlarda faqat Qirg‘iziston fuqarolari talab qilinishi, ayrim e’lonlarda esa o‘zbekistonliklar uchun alohida imtiyozli ish sharoitlari taklif etilganini aniqlagan.

Sud ushbu e’lonlarni dastlabki ko‘rinishida tarqatish noqonuniy deb topdi va ular joylashtirilgan internet manzillarni bloklashga qaror qildi. Shuningdek, sud ishga qabul qilish jarayonida millat yoki fuqarolik belgisi bo‘yicha tanlov o‘tkazish kamsitish ekanini eslatdi va bunday amaliyot Rossiya qonunchiligiga zid ekanini ta’kidladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Aqtau shahridagi Bosh konsulxona o‘zbekistonliklarni chegaradan o‘tish bo‘yicha ogohlantirgani haqida yozgandi.

Shuningdek