Toshkentda havo sifati yaxshilandi

3-dekabr kuni soat 09:00 holatiga ko‘ra, Toshkent shahridagi avtomatik monitoring stansiyalari atmosfera havosi holati bo‘yicha navbatdagi ma’lumotlarni e’lon qildi.
Unga ko‘ra, havodagi PM10 zarrachalari miqdori me’yordan oshmagan, PM2.5 mayda zarrachalar ko‘rsatkichi esa me’yordan faqat 1,2 baravar yuqorini qayd etdi.
IQAir xalqaro monitoring platformasi ma’lumotlariga ko‘ra, poytaxt havo sifati bo‘yicha reytingda 24-o‘ringa tushgan. 2-dekabr kuni reytingda poytaxt havosi ifloslanish darajasi bo‘yicha dunyoning eng iflos shaharlar ro‘yxatida 9-o‘rinda turgandi.
Avvalroq «Oʻzgidromet» respublika hududida sovuq antisiklon ta’siri 5-dekabrga qadar saqlanishini ma’lum qilgandi. Yangilangan tahlillar sovuq antisiklon fonida inversiya yanada uzoqroq davom etishini ko‘rsatmoqda. Uzoq muddatli inversiya natijasida havoda chang, tutun va mayda zarrachalar miqdori ortishi, shuningdek, qalin tuman kuzatilishi mumkin.