Namangan Yaponiya bilan 50 million dollarlik shartnomalar imzoladi

eʼlon qilindi
Namangan viloyati hokimi boshchiligidagi delegatsiya Yaponiyada bir qator muhim uchrashuvlar o‘tkazdi
Namangan Yaponiya bilan 50 million dollarlik shartnomalar imzoladi
Namangan Yaponiya bilan 50 million dollarlik shartnomalar imzoladi / Foto: «Dunyo» AA

Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov boshchiligidagi delegatsiya Yaponiyada bir qator muhim uchrashuvlar o‘tkazib, ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha yirik kelishuvlarga erishdi. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar berdi.

Tashrif davomida viloyatdagi «Ideal», «Fazman», «D.Maretti», «Vizzano» va «Saodat Sanoat Servis» kabi to‘qimachilik korxonalari Yaponiyaning «Konaka Co. Ltd» kompaniyasi bilan uchrashdi. Ular hamkorlikni kengaytirish, tayyor mahsulot eksportini yo‘lga qo‘yish va yapon standartlarini joriy etish masalalarini muhokama qildi.

Shuningdek, «Nammotors» va «Eco Basalt» korxonalari energiya tejamkor texnologiyalar va zamonaviy qurilish materiallari bo‘yicha yaponiyalik hamkorlar bilan muzokaralar olib bordi. Natijada Yaponiya korxonalari bilan umumiy qiymati $50 millionga teng bo‘lgan uzoq muddatli eksport va hamkorlik shartnomalari imzolandi.

Bundan tashqari, delegatsiya Yaponiyaning Tokushukai Medical Group prezidenti Xigashi Chinichi bilan uchrashib, onkologiya, kardioxirurgiya va yuqori texnologiyali tibbiy xizmatlarni rivojlantirish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Riverfield Inc. prezidenti Kotaro Tadano bilan bo‘lib o‘tgan muloqotda esa robot-assistent xirurgiyasi va innovatsion tibbiy uskunalarni Namanganga joriy etish bo‘yicha bitim imzolandi.

Avvalroq O‘zbekiston Saudiya kompaniyasi bilan mehnat migratsiyasi bo‘yicha kelishuv imzolagani xabar qilingandi. Bunda kelishuvning asosiy maqsadi Saudiya Arabistonida o‘rta tibbiyot xodimi sifatida ishlashni istagan o‘zbekistonliklarni ushbu davlatga qonuniy, xavfsiz va shaffof tartibda yuborishdan iborat.

Shuningdek