
Premium Voyah brendi yangi Voyah Passion L gibrid sedanini 10-dekabr kuni rasmiy ravishda bozorga chiqaradi. Bu haqda ITHome xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, model Xitoyda sotuvga chiqadi. Voyah Passion L ilk bor 26-sentabr kuni Fashion Night tadbirida namoyish etilgan edi. Tortuvchi batareya, elektromotorlar va boshqaruv elektronikasi uchun umrbod kafolat beriladi.
Sedan 63 kVt/soatli tortuvchi batareya bilan jihozlangan. U sof elektr rejimida 410 kmgacha masofa bosib o‘ta oladi. 800V 5C tezkor zaryadlash tizimi 20 foizdan 80 foizgacha quvvatni 12 daqiqada to‘ldiradi.
Barcha komplektatsiyalar ikki elektromotorli va to‘liq haydov tizimiga ega. 100 km/soat tezlikka 4,8 soniyada chiqadi.
Model Huawei Qiankun ADS 4 avtopiloting tizimi bilan ta’minlangan. HarmonyOS Cockpit 5.1 multimediya platformasi salon boshqaruvini qo‘llab-quvvatlaydi. Kuzov uchun Golden Red va Golden Black kabi ikki rangli variantlar ham taqdim etilgan.
Avtomobil o‘lchamlari 5125×1985×1522 mm. G‘ildirak bazasi 3010 mmni tashkil etadi. 1,5 litrli turbomotorli gibrid tizim umumiy 516 ot kuchi quvvat beradi. Batareya zaryadi tugaganda yonilg‘i sarfi 100 kmga 5,67 litrni tashkil etadi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan oyah Free+ Sport krossoveri taqdim etilgani haqida yozgan edi.