AQSh 19 ta davlatdan immigratsiyani qisman va to‘liq to‘xtatdi — ro‘yxat

eʼlon qilindi
12 ta mamlakatga to‘liq, 7 ta mamlakatga esa qisman cheklov qo‘yildi
AQSh 19 ta davlatga immigratsiyani qisman va butunlar to‘xtatdi — ro‘yxat / Foto: ScienceNorway

AQSh 19 ta mamlakatlardan kelgan immigrantlar tomonidan berilgan barcha immigratsiya arizalarini, jumladan, Green kartalarni va fuqarolik olish jarayonlarini to‘xtatdi. Bu haqda Reuters agentligi ma’lum qildi.

Cheklov siyosati iyun oyida qisman sayohat taqiqi qo‘yilgan 19 mamlakat fuqarolariga nisbatan amal qiladi. Ushbu mamlakatlar qatoriga Afg‘oniston, Somali, Myanma, Chad, Kongo Respublikasi, Ekvatorial Gvineya, Eritreya, Gaiti, Eron, Liviya, Sudan, Yamanga nisbatan iyun oyida eng qat’iy immigratsiya cheklovlari qo‘llangan. Shuningdek, Burundi, Kuba, Laos, Sierra-Leone, Togo, Turkmaniston va Venesuela ham qisman cheklovlarga duch kelgan.

Quyida AQSh «qora ro‘yxat»iga tushgan davlatlar ro‘yxati:

Mamlakat nomiCheklov turi*
1Afg‘onistonTo‘liq cheklov
2SomaliTo‘liq cheklov
3Myanma (Burma)To‘liq cheklov
4ChadTo‘liq cheklov
5Kongo RespublikasiTo‘liq cheklov
6Ekvatorial GvineyaTo‘liq cheklov
7EritreyaTo‘liq cheklov
8GaitiTo‘liq cheklov
9EronTo‘liq cheklov
10LiviyaTo‘liq cheklov
11SudanTo‘liq cheklov
12YamanTo‘liq cheklov
13BurundiQisman cheklov
14KubaQisman cheklov
15LaosQisman cheklov
16Sierra-LeoneQisman cheklov
17TogoQisman cheklov
18TurkmanistonQisman cheklov
19VenesuelaQisman cheklov

Rasmiy memorandumda Vashingtondagi milliy gvardiya a’zolariga uyushtirilgan hujum sabab sifatida keltirilgan. Ushbu hujumda afg‘onistonlik bir kishi gumon qilinib hibsga olingan. Hujum oqibatida bir gvardiya xodimi halok bo‘lgan, ikkinchisi esa og‘ir jarohat olgan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh 2026-yildan dollarning yangi namunalarini muomalaga kiritishi haqida xabar bergan edik.

Shuningdek