Prada uzoq davom etgan muzokaralardan keyin Versace’ni sotib oldi

eʼlon qilindi
Prada uzoq vaqtdan beri ko‘z tikkan brendni o‘z tarkibiga qo‘shib oldi
Foto: Cyril Marcilhacy / Getty Images

Prada guruhi Versace brendini $1,51 mlrd evaziga sotib oldi. Prada vakili bitim yakunlanganini ma’lum qildi, deya xabar bermoqda CNN.

Bitim joriy yilning 10-avgust kuni imzolangan edi. Biroq AQShning savdo siyosati va Prada oilasining oxirgi ruxsatini olish kabi noaniqliklar sababli muzokaralar cho‘zilib ketgan.

Prada egalarining o‘g‘li Lorenzo Bertelli noyabr oyida Reuters agentligiga bergan intervyusida integratsiya jarayoni tugagandan so‘ng Versace’ning ijrochi raisi bo‘lishini ma’lum qilgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Prada bu brendni sotib olishga bir necha yillardan beri qiziqib kelgan.

Lorenzo Bertelli / Foto: Marco Bertorello / Getty Images

Uzoq davom etgan muzokaralar jarayonida AQShning savdo siyosati va Prada oilasining oxirgi ruxsatini olish kabi noaniqliklarga qaramay bitim amalga oshirildi.

Ma’lumot uchun, Versace’ga 1978-yilda Janni Versache tomonidan Milanda asos solingan, o‘zining jozibali estetikasi bilan mashhur bo‘lgan brend endi guruhning asosiy a’zolari Prada va Miu Miu qatoriga qo‘shiladi.

Bitim e’lon qilinishidan bir necha hafta oldin, ya’ni mart oyida Donatella Versache qariyb o‘ttiz yillik faoliyatidan so‘ng ijodiy direktor lavozimidan ketdi. Uning o‘rniga avval Miu Miu’ning dizayn direktori bo‘lib ishlagan Dario Vitale tayinlandi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Prada Versace’ni sotib olishi mumkinligi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek