O‘zbekiston Qozog‘istonda tahsil olayotgan talabalar soni bo‘yicha uchinchi o‘rinda

eʼlon qilindi
2025-o‘quv yilida Qozog‘iston oliy ta’lim muassasalarida 88 davlatdan 35 ming nafar xorijiy talaba o‘qimoqda
O‘zbekistonlik talabalar eng ko‘p qaysi davlatlarda o‘qimoqda
O‘zbekiston Qozog‘istonda tahsil olayotgan talabalar soni bo‘yicha uchinchi o‘rinda / Foto: ijtimoiy tarmoq

O‘zbekiston Qozog‘istonda tahsil olayotgan talabalar soni bo‘yicha uchinchi o‘rinda. Bu haqda Qozog‘iston Fan va oliy ta’lim vazirligi xabar berdi.

2025-o‘quv yilida Qozog‘iston oliy ta’lim muassasalarida 88 davlatdan 35 ming nafar xorijiy talaba o‘qimoqda. Bu ko‘rsatkich 2024-yilga nisbatan 11 foiz ko‘p.

Qozog‘istonda eng ko‘p o‘qiyotgan talabalar Hindistondan – 9,9 ming, Turkmanistondan – 9 ming, O‘zbekistondan – 4,1 ming, Xitoydan – 3,4 ming, Rossiyadan – 2,4 ming talaba.

Vazirlik fikricha, bu ko‘rsatkich Qozog‘istonning sifatli o‘quv dasturlari, xalqaro akademik muhit va kelajakdagi kasbiy imkoniyatlar tufayli mintaqadagi yirik ta’lim markaziga aylanib borayotganidan dalolat beradi.

Janubiy Osiyo, Markaziy Osiyo va Xitoydan kelayotgan talabalar oqimi tibbiyot, muhandislik, IT va ijtimoiy-iqtisodiy yo‘nalishlarga bo‘lgan talabning yuqoriligini ko‘rsatmoqda. Xorijiy talabalar, asosan, mamlakatning Olmaota (18,2 ming talaba), Ostona (4,3 ming) va Shimkent (3,6 ming) shaharlarida jamlangan.

Xorijiy talabalari eng ko‘p bo‘lgan beshta oliygoh:

  • Farobiy nomidagi Qozog‘iston Milliy universiteti – 4,5 ming talaba;
  • Asfandiyorov nomidagi Qozog‘iston Milliy tibbiyot universiteti – 2,7 ming;
  • Gumilev nomidagi Yevrosiyo Milliy universiteti – 2,5 ming;
  • Satpaev nomidagi texnika universiteti – 1,7 ming;
  • Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti – 1,7 ming.

«Qozog‘iston ta’lim xizmatlari eksporti bo‘yicha mintaqa yetakchisi maqomini ishonch bilan mustahkamlamoqda, deb aytish mumkin.Vazirlik ochiqlik, baynalmilallashuv va global akademik makonga integratsiyalashuv siyosatini davom ettiradi», — deyiladi xabarda.

Avvalroq O‘zbekiston ta’lim muassasalarida xavfsizlikni kuchaytiruvchi «Xavfsiz ta’lim» konsepsiyasi joriy etilishi xabar qilingandi. Unga ko‘ra, maktablar, nodavlat ta’lim tashkilotlari va xorijiy ta’lim muassasalari filiallarining xavfsizligi jismoniy va texnik qo‘riqlash tizimlari orqali ta’minlanadi. Qo‘riqlash departamenti shartnoma asosida ta’lim obyektlariga qo‘riqlash signalizatsiyasi, «tashvish tugmasi» tizimlari, videokuzatuv moslamalarini o‘rnatadi va ularga xizmat ko‘rsatadi.

Shuningdek