Rossiya va O‘zbekiston milliy valyutalarda hisob-kitoblarni 75 foizga yetkazdi

eʼlon qilindi
Bu ko‘rsatkichni yanada mustahkamlash uchun to‘lov tizimlarini rivojlantirish zarurligi aytildi
Узбекистан и РФ
Rossiya va O‘zbekiston milliy valyutalarda hisob-kitoblarni 75 foizga yetkazdi / Foto: Rossiya Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi savdo bo‘yicha hisob-kitoblarning 75 foizdan ortig‘i milliy valyutalarda bajarilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xodjayev ma’lum qildi, deb xabar berdi «RIA Novosti».

Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Rossiya – O‘zbekiston hukumatlararo komissiyasining 26-yig‘ilishida Xodjayev bu natijani ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar mustahkamlanayotganining muhim belgisi sifatida baholagan. Uning aytishicha, ko‘rsatkichni yanada mustahkamlash uchun to‘lov tizimlarini rivojlantirish, ularni integratsiya qilish, kiberxavfsizlik darajasini oshirish va komplayens talablarini kuchaytirish zarur.

Bundan tashqari, bosh vazir o‘rinbosari O‘zbekiston – Rossiya o‘rtasidagi investitsiya loyihalari portfeli $55 milliarddan oshganini qo‘shimcha qildi. Unga ko‘ra, kelgusi yilda Toshkent Rossiyaning $5 milliardlik sarmoyasini o‘zlashtirishni rejalashtirmoqda.

Dekabr oyi boshida O‘zbekistonda Rossiya kapitali ko‘magida ochilgan kompaniyalar soni 3,1 mingdan oshdi. Bir yilda 300 ta korxona ishga tushirildi. Joriy yilda ikki mamlakat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi $12 milliardga yetishi kutilmoqda. Noyabr oyi boshida bu ko‘rsatkich $10 milliarddan oshgan.

Avvalroq Moskva sudi faqat o‘zbekistonliklarni ishga olishga oid e’lonlarni taqiqlagani xabar qilingandi. Unga ko‘ra, prokuratura internetda ayrim ish beruvchilar tomonidan joylashtirilgan e’lonlarda faqat Qirg‘iziston fuqarolari talab qilinishi, ayrim e’lonlarda esa o‘zbekistonliklar uchun alohida imtiyozli ish sharoitlari taklif etilganini aniqlagan.

Shuningdek