Dollar oshdi: 4-dekabr uchun valyutalar kursi e’lon qilindi

eʼlon qilindi
3-dekabr kuni 11 880,93 so‘m (-14,64 so‘m) etib belgilandi
Dollar
Foto: Depositphotos

4-dekabr uchun valyuta kurslari e’lon qilindi. Shu kun uchun AQSh valyutasi 11 912,38 so‘m (+31,45 so‘m) etib belgilandi. Bu haqda Markaziy bank xabar bermoqda.

Dollarning so‘nggi kunlardagi o‘zgarishi

26-noyabr kuni AQSh valyutasi 11 936,89 so‘mga (-51,43 so‘m), 27-noyabr kuni 11 881,60 so‘mga (-55,29 so‘m), 28-noyabr kuni  AQSh valyutasi 11 902,30 so‘mga (+20,7 so‘m) tenglashgan. 1-dekabr kuni dollar 11 940,95 so‘m (+38,65 so‘m), 2-dekabr kuni esa 11 895,57 so‘m (-45,38 so‘m) etib belgilandi.

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 78,21 so‘mga oshib, 13 873,16 so‘mni, rubl esa 0,11 so‘mga oshib, 153,39 so‘mni tashkil qildi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan hafta davomida dollar qanchaga pastlagani haqida yozgan edi.

Shuningdek