Emotsiyaga berilib pul sarflashni qanday to‘xtatish mumkin — 5 ta usul

eʼlon qilindi
Kursiv Uzbekistan emotsional xaridlarni nazorat qilish bo‘yicha bir nechta usullarni taqdim etadi
Emotsiyaga berilib pul sarflashni qanday to‘xtatish mumkin — 5 ta usul
Emotsiyaga berilib pul sarflashni qanday to‘xtatish mumkin — 5 ta usul / Foto: depositphotos

Ko‘pchilik kayfiyati o‘zgarganda yoki stress paytida pulni o‘ylamasdan sarflab qo‘yadi. Bunga «emotsional xarid» deyiladi. Bu odat vaqt o‘tib jamg‘armani kamaytiradi, qarzlarni ko‘paytiradi va moliyaviy intizomni buzadi. Shu sabab Kursiv Uzbekistan emotsional xaridlarni nazorat qilish bo‘yicha bir nechta usullarni taqdim etadi.

Ushbu maqola orqali quyidagilarni bilib olishingiz mumkin:

Kechiktirilgan xaridlar odati

Kechiktirilgan xaridlar odati
Kechiktirilgan xaridlar odati / Foto: depositphotos

Emotsiya ta’sirida tezda xarid qilish ko‘pincha ortiqcha sarf-xarajatga olib keladi. Shuning uchun har qanday xaridni darhol amalga oshirishdan ko‘ra, o‘zingizga biroz vaqt berish juda foydali. Bu vaqt davomida kayfiyatingiz tinchiydi, fikringiz ravshanlashadi va o‘sha mahsulot sizga haqiqatan kerakmi yoki shunchaki lahzaviy istak ekani aniqroq ko‘rinadi.

Odatda 24 soatlik pauza yetarli bo‘ladi, lekin ba’zan 48 yoki 72 soat kutish yanada yaxshi natija beradi. Oradan bir kun o‘tib, ko‘pchilik odamlar o‘sha narsani sotib olish zarur emasligini tushunib qoladi. Shu tariqa, kechiktirilgan xaridlar odati nafaqat pulni tejaydi, balki xaridlar ustidan nazoratni kuchaytiradi va moliyaviy intizomni oshiradi.

Xaridlar ro‘yxatisiz do‘konga bormaslik usuli

Xaridlar ro‘yxatisiz do‘konga bormaslik usuli
Xaridlar ro‘yxatisiz do‘konga bormaslik usuli / Foto: zira.uz

Xaridlar ro‘yxati impulsiv xaridlarni kamaytirishda eng samarali vositalardan biri. Ro‘yxat tufayli do‘konga aniq maqsad bilan borasiz va yo‘lingizdan chalg‘imaysiz. Bu usul, ayniqsa, katta supermarketlar yoki ko‘p turdagi mahsulotlar sotiladigan joylarda juda foydali, chunki u yerda ko‘pincha reja qilinmagan xarid qilish ehtimoli ortadi.

Ro‘yxatni shakllantirishda, avvalo, uyda nimaning tugab qolgani yoki yaqin kunlarda nimaga ehtiyoj bo‘lishini aniqlang. Buni oshxona javonlari, sovitkich va gigiyena mahsulotlari saqlanadigan joylarni tekshirib boshlash mumkin. Keyin eng zarur mahsulotlarni yozib chiqing. Agar har doim sotib olinadigan mahsulotlar bo‘lsa, masalan, non, sut, yog‘, ularni asosiy doimiy ro‘yxat sifatida ajratib qo‘yish qulay.

Ro‘yxatni qog‘ozga yozishingiz yoki telefoningizda saqlashingiz mumkin. Ko‘pchilik uchun mobil ro‘yxat qulay bo‘ladi, chunki uni do‘konda bir qo‘l bilan ochib ko‘rish oson. Muhimi, do‘konga kirgach ro‘yxatni ochiq tuting va shu asosda xarid qiling.

Kayfiyatni kuzatib, sabablarni tan olish lozim

Kayfiyatni kuzatib, sabablarni tan olish lozim
Kayfiyatni kuzatib, sabablarni tan olish lozim / Foto: Harvard Gazette

Emotsional xaridlar ko‘pincha ichki holatimiz bilan bog‘liq bo‘ladi. Stress, charchoq, zerikish, yolg‘izlik, hatto o‘zini mukofotlash istagi ham odamni keraksiz xaridlarga undaydi. Shuning uchun biror narsani sotib olish istagi paydo bo‘lganda, avvalo «men hozir nega xarid qilmoqchiman?» degan savolni berish muhim. Ko‘pincha javob kayfiyat bilan bog‘liq bo‘lib chiqadi, ehtiyoj bilan emas.

Kayfiyatni kuzatishning eng yaxshi yo‘li o‘z holatingizni kuzatish odatini shakllantirish. Agar xarid qilish istagi aynan shu holatlardan kelayotgan bo‘lsa, demak, insonga xarid emas, hissiy muvozanat kerak. Bu holatda oddiy, arzon yoki umuman xarajatsiz usullar yordam berishi mumkin. Masalan, qisqa sayr qilish, musiqa tinglash, issiq choy ichish, bir necha daqiqa chuqur nafas olish yoki uy ishlarini bajarib fikrni chalg‘itish.

Agar o‘zingizni yaxshi his qilmaganda doim xarid qilishga moyil ekaningizni tan olsangiz, bu odatni boshqarish osonlashadi. Har safar hissiyotlar kuchayganda xarid qilishni to‘xtatib, o‘rniga o‘zingizni tinchlantiradigan alternativ harakatni tanlash uzoq muddatda moliyaviy intizomni mustahkamlaydi. Bu nafaqat pulni tejaydi, balki emotsiyalarni anglab, ularni boshqarishni o‘rgatadi.

To‘lov kartalari emas, naqd puldan foydalanish odati

Денежные переводы
Pexels.com

Bugungi kunda kartadan to‘lov qilish juda qulay bo‘lib qolgani uchun ko‘pchilik xarajatni sezmay sarflab yuboradi. Kartadan pul ketayotgani ko‘rinmagani bois, xarid qilish osonroq tuyuladi va bu impulsiv xaridlarga olib keladi. Naqd pul esa buning aksi, qo‘ldan real pul chiqayotgani ko‘rinadi, his qilinadi va har bir xaridni yaxshiroq o‘ylab qilishga undaydi. Shuning uchun naqd pul ishlatish xarajat ustidan nazoratni kuchaytiradi.

Haftalik yoki kundalik budjetni oldindan belgilab, aynan shuncha miqdordagi pulni naqd ko‘rinishda ajratib qo‘yish juda samarali usul. Bu pul tugasa, xarid qilish avtomatik ravishda to‘xtaydi. Chunki cheklov aniq va ko‘zga ko‘rinadigan bo‘ladi. Bu usul bir necha haftadan so‘ng moliyaviy odatlarni sezilarli o‘zgartiradi, sarf-xarajatlarni kamaytiradi va impulsiv xaridlarning oldini oladi.

Moliyaviy maqsadlar qo‘yib, ularni eslatib turish usuli

2026-yil uchun aniq moliyaviy maqsadlarni belgilash
Moliyaviy maqsadlar qo‘yib, ularni eslatib turish usuli / Foto: Quasa Connect

Ongli xarid qilishning eng kuchli usullaridan biri aniq moliyaviy maqsadlar qo‘yish. Maqsad bo‘lmasa, har qanday xarid odatiy tuyiladi va pulning qayerga ketayotgani sezilmay qoladi. Ammo maqsad mavjud bo‘lsa, har bir xaridning unga qanday ta’sir qilishi haqida o‘ylay boshlaysiz.

Maqsadlar katta yoki kichik bo‘lishi mumkin, safar rejalashtirish, yangi telefon yoki noutbuk xarid qilish, ta’lim kursiga yozilish, uy jihozlarini yangilash yoki shunchaki jamg‘arma yig‘ish. Muhimi ular aniq, o‘lchab bo‘ladigan va motivatsiya beradigan bo‘lishi lozim. Masalan, «ko‘proq pul yig‘ish» emas, «3 oyda 5 million so‘m jamg‘arish» kabi maqsadlar samaraliroq.

Bu maqsadlarni yodda saqlash uchun ularni ko‘zga tashlanadigan joyga yozib qo‘yish tavsiya etiladi. Telefon foniga, kompyuter ish stoliga yoki daftar sahifasiga yozilgan eslatmalar impulsiv xaridlar paytida «to‘xtab o‘ylash»ga yordam beradi va har safar ko‘zingiz tushganda bu yozuv maqsadga to‘g‘rilaydi.

Umuman olganda, emotsional xarid qilish odatini to‘liq yo‘qotish vaqt talab qiladi. Ammo kichik qadamlar katta o‘zgarishlarga olib keladi. Kechiktirish, rejalashtirish, naqd pul ishlatish va kayfiyatni nazorat qilish orqali har bir xarid ongli va foydali qarorga aylanadi. Eng muhimi, xaridlar emotsiyalarni emas, inson emotsiyalarni boshqarishi kerak.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan dekabr va yanvar xarajatlarini kamaytirishning besh samarali usuli haqida yozgandi.

Shuningdek