Qozonliklar Yangi yil ta’tili uchun ko‘proq O‘zbekistonni tanlamoqda

eʼlon qilindi
Xorijiy yo‘nalishdagi bronlarning 21 foizi O‘zbekistonga to‘g‘ri keladi
Foto: Unsplash

Qozon shahri aholisi Yangi yil ta’tilini o‘tkazish uchun asosiy xorijiy yo‘nalish sifatida O‘zbekistonni tanlamoqda. Bu haqda Aviasales ma’lumotlariga tayanib Kommersant nashri xabar bermoqda.

O‘zbekiston sayyohlar tanlovi bo‘yicha Tailand (19 foiz), Turkiya (7 foiz) va Xitoy (4 foiz) kabi an’anaviy ommabop yo‘nalishlarni ortda qoldirdi. Qozonliklarning umumiy Yangi yil bronlarining 41 foizi xorijiy davlatlarga, 59 foizi esa Rossiya bo‘ylab ichki parvozlariga to‘g‘ri keladi.

Chet eldagi ta’tilning o‘rtacha davomiyligi o‘n kunni tashkil etmoqda. O‘zbekiston Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning dastlabki o‘n oyida mamlakatga jami 852 ming nafar rossiyalik sayyoh tashrif buyurgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan O‘zbekistonga sayyohlar kelishi bo‘yicha Rossiya yetakchi bo‘lgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek