Xitoyning “Sun’iy Quyosh” loyihasi yakuniy yig‘ilish bosqichiga kirdi

eʼlon qilindi
Tez orada energiya ishlab chiqarishni boshlashi mumkin
Xitoyning «Sun’iy Quyosh» loyihasi yakuniy yig‘ilish bosqichiga kirdi / Foto: ITHome

Xitoyning Xefey shahrida barpo etilayotgan BEST termoyadroviy qurilmasi «Sun’iy Quyosh» loyihasi yakuniy yig‘ilish bosqichiga kirdi. Bu haqda ITHome nashri ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, hozirgi bosqichda qurilmada qo‘llanayotgan uskunalarning mahalliylashtirilish darajasi 93,4 foizga yetgan. BEST majmuasi tarkibida dunyoda o‘xshashi bo‘lmagan 660 dan ortiq noyob qurilmalar mavjud bo‘lib, 2026–2030-yillarga mo‘ljallangan 15-besh yillik davrida mahalliy ishlab chiqarish ulushini 100 foizga yetkazish rejalashtirilgan.

Foto: ITHome

Qurilish tugagach, qurilma uzun impulslarda barqaror ishlash qobiliyatini tasdiqlashi, so‘ngra boshqariladigan termoyadroviy sintez orqali energiya ishlab chiqarish bosqichiga o‘tishi ko‘zda tutilgan. Mutaxassislarning baholashicha, 2030-yilda mazkur uskuna tarixda birinchi bor termoyadroviy sintez energiyasidan foydalanish mumkin.

Loyiha plazmani magnit maydonida ushlab turish texnologiyasiga asoslangan bo‘lib, unda 1620 °C haroratgacha bardosh bera oladigan maxsus yoqilg‘i sferalari qo‘llanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy gumanoid robotlarni ommaviy tarzda korxonalarga yetkazgan edi.

Shuningdek