Xorijdagi 270 nafar fuqaroga 100 ming dollarlik moddiy yordam berildi — TIV

eʼlon qilindi
Vazirlik noyabr oyida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot e’lon qildi
O‘zbekistondan xorijga ko‘chib ketayotganlar soni 9,4 foizga kamaydi
270 nafar fuqaroga 100 ming dollarlik moddiy yordam berildi / Foto: ijtimoiy tarmoq

Noyabr oyida xorij davlatlarida moddiy qiyinchilikka duch kelgan 270 nafar fuqaroga $100 ming miqdorida yordam ko‘rsatildi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi.

Shuningdek, konsullik-huquqiy faoliyat doirasida boshqa muhim natijalar ham qayd etildi. Mazkur davrda 16,972 nafar O‘zbekiston fuqarosiga konsullik xizmatlari ko‘rsatildi. Chet elda mehnat faoliyati bilan shug‘ullanishni istagan 870 nafar yurtdoshlar ish bilan ta’minlandi.

Moddiy qiyinchiliklarga duch kelgan 270 nafar fuqaroga jami $100 ming miqdorida yordam ajratildi. Vaqtincha saqlash muassasalarida bo‘lgan 180 nafar fuqaro ozod qilindi. Yana, murakkab sharoitdagi ishsiz, voyaga yetmagan yoki boquvchisiz qolgan 157 nafar yurtdosh hamda odam savdosi qurboni bo‘lgan 5 nafar fuqaro O‘zbekistonga qaytarildi.

Shu bilan birga, xorijdagi vatandoshlar ishtirokida 114 dan ortiq madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilib, ularda 10 mingga yaqin yurtdoshlarimiz ishtirok etdi. Shu davrda jismoniy va yuridik shaxslardan 18,960 ta murojaat qabul qilindi. Ularning 18,140 tasi hal etildi, qolgan 820 tasi esa tegishli tashkilotlarga yo‘naltirildi.

Ma’lumot uchun, noyabr oyida chet el fuqarolari uchun O‘zbekistonga kirish bo‘yicha 20,591 ta viza rasmiylashtirildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq TIV Indoneziya, Tailand va Shri-Lankadagi suv toshqinlarida o‘zbekistonliklar yo‘qligini ma’lum qilgan edi.

Shuningdek