Donald Tramp FIFA tomonidan «Tinchlik mukofoti» bilan taqdirlanadi

4-dekabr 2025 09:57 eʼlon qilindi

Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir
Foto: Politico

AQSh prezidenti Donald Tramp FIFA «JCh – 2026» qur’a tashlash marosimida shaxsan ishtirok etadi va tashkilotning «Tinchlik mukofoti» bilan taqdirlanadi. Bu haqda GiveMeSport jurnalisti Ben Jeykobs xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Tramp tadbirda FIFA prezidenti Janni Infantino tomonidan ta’sis etilgan yangi mukofotni qabul qilib oladi. Marosim 5-dekabr kuni Vashingtonda bo‘lib o‘tadi.

Foto: FIFA

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi tarixda ilk bor Jahon chempionatining final bosqichida ishtirok etadi. Vakillarimiz qur’a jarayonida 3-savatchadan joy olgan bo‘lib, guruhdagi raqiblarini kutmoqda.
Tadbirda O‘FA rahbariyati, terma jamoa bosh murabbiyi Fabio Kannavaro va FIFA tomonidan taklif etilgan o‘zbek futboli afsonasi Mirjalol Qosimov ishtirok etadi. Shuningdek, «Manchester Yunayted» va Angliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Rio Ferdinand, basketbol yulduzi Shakil O‘Nil va boshqa taniqli mehmonlar qatnashadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan superkompyuter O‘zbekistonning «JCh – 2026» dagi g‘alaba qozonish imkoniyatini baholagani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek