«Hamroh» dasturi doirasida xotin-qizlar tadbirkorligi uchun ikki trillion so‘m ajratadi

eʼlon qilindi
2026 – 2027-yillarda
Mahalliy hokimiyat xodimlarini rag‘batlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
«Hamroh» dasturi doirasida xotin-qizlar tadbirkorligi uchun ikki trillion so‘m ajratadi / Foto: Facebook/Sun’iy intellekt

Prezidentning «Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoni qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, mahallalarda xotin-qizlarning bandligini ta’minlash va salomatligini mustahkamlash markazlari faoliyati kengaytiriladi. 2026 – 2027-yillarda «Hamroh» xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash kompaniyasi 6 ming nafar ayolning tadbirkorlik loyihalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash uchun 2 trln so‘m ajratadi, 2,8 ming nafarini tadbirkorlik bo‘yicha o‘qitadi va 2 ming nafarini faoliyatga hamroh qiladi.

Tuman va shahar hokimliklari tomonidan tashkil etilgan markazlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi oila va xotin-qizlar boshqarmalari bilan birgalikda tikuvchilik, qandolat, fitnes, sheyping va kasbga o‘qitish faoliyatini tashkil etish uchun ijara asosida beriladi.

Shuningdek, 2026-yil 1-yanvardan «Hamroh» dasturi doirasida ayollarning tadbirkorlik loyihalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘shimcha instrumentlar joriy etiladi. Tadbirkor ayollar ulushi 50 foiz va undan yuqori bo‘lgan kichik va o‘rta biznes loyihalari uchun tijorat banklari kredit ajratadi. Kreditning 70 foizigacha qismi «Biznesni kafolatlash milliy kompaniyasi» kafolati bilan ta’minlanadi.

Shuningdek, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hamda «Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi» ajratiladigan mablag‘larni imtiyozli shartlar bilan joylashtiradi va kreditlarni moliyalashtirishni tashkil qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq yarim yilda 48 mingdan ortiq ayol-qiz tazyiq va zo‘ravonlikka uchragani haqida yozgan edik.

Shuningdek