Toshkentda oltita qurilish obyektiga suv purkagichlar o‘rnatildi

eʼlon qilindi
12 ta obyektda transport vositalarining g‘ildiraklarini yuvish hovuzlari barpo etildi
Qurilishda eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda, eng pasti esa Sirdaryoda
Toshkentda oltita qurilish obyektiga suv purkagichlar o‘rnatildi / Foto: Pexels.com

Toshkent shahrida qurilish obyektlarida ekologik talablar bo‘yicha tekshiruvlar o‘tkazildi. Bu haqda Ekokomissiya Telegram sahifasida ma’lum qilindi.

Shahar ekologiyasini asrash va qurilish jarayonida havoni ifloslantiruvchi omillarni bartaraf etish maqsadida 232 nafar huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari xodimlari jalb qilindi. Tekshiruvlar davomida jami 97 ta obyekt o‘rganib chiqildi.

Natijada 14 ta holatda chang va qum zarrachalari havoga tarqalishining oldini olish talablariga rioya qilinmagan, 9 ta holatda esa ifloslantiruvchi moddalar me’yoridan ortiq darajada havoga chiqarilgan. Shuningdek, 52 ta holatda qurilish maydonining 25 foizi ko‘kalamzorlashtirilmaganligi aniqlangan.

Tuzatish choralari sifatida 6 ta obyektga suv purkagichlar o‘rnatildi, 12 ta obyektda transport vositalarining g‘ildiraklarini yuvish hovuzlari barpo etildi. 14 ta obyektga yozma ko‘rsatmalar berildi.

Bundan tashqari, havoni ifloslantiruvchi 4 ta qurilish ishi vaqtincha to‘xtatildi. 47 nafar shaxs ogohlantirildi va 41 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qibray tumanidagi issiqxonalarda ekoreyd o‘tkazilgan edi.

Shuningdek