YouTube Yil yakunlari funksiyasini ishga tushirdi

eʼlon qilindi
Hozircha xizmat Shimoliy Amerikada ishga tushgan
Foto: YouTube

YouTube foydalanuvchilarning yil davomida platformadagi faolligini tahlil qiluvchi yangi Recap – Yil yakunlari funksiyasini taqdim etdi. Bu haqda platformaning rasmiy sahifasida e’lon qilindi.

Hozircha xizmat Shimoliy Amerikada ishga tushgan, boshqa mintaqalarda esa hafta oxirigacha paydo bo‘ladi.

Yangi bo‘limni YouTube bosh sahifasidan yoki You qismidan topish mumkin. Hisobot 12 ta interaktiv kartochkadan iborat bo‘lib, unda foydalanuvchining bir yil ichidagi tomosha qilish odatlari, qiziqishlari va eng ko‘p kuzatilgan kanallari aks etadi.

Alohida blok musiqiy xohishlarga bag‘ishlangan: musiqani ko‘p tinglagan foydalanuvchilar yilning eng sevimli ijrochilari, qo‘shiq va janrlarini ko‘rishi mumkin bo‘ladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan YouTube so‘nggi 4 yilda kontent yaratuvchilarga 100 mlrd dollar to‘lagani haqida yozgandi.

Shuningdek