O‘zbekistondagi korporativlarda xodimlarni eng ko‘p bezovta qiladigan omil nima

eʼlon qilindi
Ishtirokchilarning 45% qismi majburiy quvnoqlikni, 39% esa uzoq tostlarni yoqtirmaydi
O‘zbekistondagi korporativlarda xodimlarni eng ko‘p bezovta qiladigan omil nima / Foto: Shulers / Shutterstock / Fotodom

Korporativ tadbirlarda majburiy quvnoqlik eng ko‘p bezovta qiluvchi omil hisoblanadi. hh.uz platformasi 300 dan ortiq ish izlovchi va 150 ta ish beruvchilar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazdi.

So‘rov natijalari bo‘yicha ishtirokchilarning 45 foiz qismi majburiy quvnoqlikni yoqtirmaydi. 39 foizining esa uzundan uzoq tostlarga toqati yo‘q. Shuningdek, ko‘pchilik hamkasblarning haddan tashqari erkin xatti-harakati ham bayram kayfiyatini buzishini ta’kidlaydi.

Ish beruvchilar va xodimlar fikricha, eng yaxshi korporativ – bu rasmiyatchiliklarsiz uchrashuvlardir. Tenglik muhiti 42 foizi ish beruvchilar va 49 foiz ish izlovchilar uchun muhim hisoblanadi. Yengil muloqot, yaxshi musiqa va tabiiy jamoaviy atmosfera tadbirning ajoyib o‘tishi uchun asosiy omillar bo‘lib qoladi.

Ko‘pchilik uchun korporativ hamkasblar bilan muloqot qilish va maroqli hordiq chiqarish pallasidir. 38 – 41 foiz ishtirokchilar uni ofisdan tashqarida vaqt o‘tkazish vositasi sifatida ko‘rsa, taxminan 30 foizi jamoaviy ruhni eslatadigan tadbir sifatida baholaydi. Shu bilan birga, respondentlarning chorak qismi korporativni hali ham rasmiy majburiyat sifatida qabul qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozonliklar Yangi yil ta’tili uchun ko‘proq O‘zbekistonni tanlayotgani haqida yozgan edik.

Shuningdek