Farg‘onada hokim o‘rinbosari, Namanganda esa ikki hokim yordamchisi pora bilan qo‘lga tushdi

eʼlon qilindi
Barcha holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi
Farg‘onada hokim o‘rinbosari, Namanganda esa ikki hokim yordamchisi pora bilan qo‘lga tushdi / Foto: DXX

Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan Farg‘ona va Namangan viloyatlarida hokimlik vakillarining korrupsion faoliyatiga oid holatlar fosh etildi. Bu haqda DXX matbuot xizmati ma’lum qildi.

Farg‘ona viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Bog‘dod tuman hokimining o‘rinbosari $8 ming olayotgan vaqtida qo‘lga olingan. Tekshiruvda aniqlanishicha, u xizmat mavqeidan foydalanib, Beshariq tumanida yashovchi fuqaro «e-auksion» orqali ijara huquqi bilan olgan 2,4 sotix yer maydonini boshqa shaxsga mulk sifatida o‘tkazib berishni va’da qilgan.

Namangan shahrida o‘tkazilgan yana bir tadbirda shahar hokimining mahalla fuqarolar yig‘inlaridan biridagi yordamchisi «Yashil makon» loyihasi doirasida ajratilgan yerning 8 sotix qismini bir yilga noturar joy sifatida rasmiylashtirib berish hamda keyinchalik turar-joy toifasiga o‘tkazishni va’da qilib, buning evaziga $6 ming talab qilgani uchun ushlangan. u kelishilgan pulni olayotganida dalillar bilan qo‘lga olindi.

Shu kabi holat Yangi Namangan tumanida ham aniqlangan. Tuman hokimining mahalladagi yordamchisi davlat zaxirasidagi 12 sotix yer maydonini rasmiylashtirib berishni va’da qilgam. Buning uchun u fuqaro­dan $16 ming talab qilgan va oldindan $6 ming olganida ushlangan

Hozirda ushbu holatlar bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergov harakatlari davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nurafshonda hokim yordamchisi pora bilan qo‘lga tushgani haqida xabar bergan edik.

Shuningdek