Eng ishonchli avtomobil brendlari e’lon qilindi

5-dekabr 2025 11:40 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
Consumer Reports eng ishonchli avtomobil brendlarini e’lon qildi
Consumer Reports eng ishonchli avtomobil brendlarini e’lon qildi / Foto: Midjourney

Consumer Reports eng ishonchli avtomobil brendlari bo‘yicha yangi reytingini e’lon qildi. Unga ko‘ra, Subaru ketma-ket ikkinchi yil eng ishonchli avtomobil brendi deb topildi.

Subaru Toyota va Hondani, hatto BMW va Porsche kabi premium brendlarni ham ortda qoldirdi.

Reyting tuzishda modellar bo‘yicha yo‘l sinovlari, taxminiy ishonchlilik darajasi, avtomobil egalarining qoniqish darajasi va xavfsizlik ko‘rsatkichlari hisobga olingan.

Umumiy natijalarda Subaru’dan keyingi o‘rinlarni BMW va Porsche egalladi. Undan keyingi o‘rinlarda Honda, Toyota va Lexus joylashgan. O‘nlikka yana Lincoln, Hyundai, Acura va Tesla kirdi. Tesla ishonchlilik bo‘yicha ko‘rsatkichlarini yaxshilagani uchun reytingda sezilarli o‘sdi.

Ekran tasviri Consumer Reports’dan

Umuman 31 ta brend reytingining eng quyi pog‘onasida Jeep va Land Rover joylashdi. Biroq alohida modellarga qaralsa, Toyota ishonchlilik bo‘yicha yetakchi, undan keyin Subaru, Lexus, Honda va BMW keladi.

Mazkur tadqiqot 2000 – 2025 yillar oralig‘ida ishlab chiqarilgan avtomobillarga ega bo‘lgan 380 mingga yaqin haydovchi fikriga asoslangan.

Avvalroq Germaniyada Tesla Model Y avtomobili ishonchsiz deb topilgandi. Germaniyaning avtomobillar xavfsizligini majburiy tekshiruvdan o‘tkazuvchi TÜV Rheinland tashkiloti hisobotida Tesla Model Y oxirgi o‘n yil ichida tekshiruvdan o‘tgan avtomobillar orasida eng ishonchsiz model sifatida qayd etildi.

Shuningdek