8-dekabrdan O‘zbekistonga sovuq va nam havo kirib keladi — «O‘zgidromet»

eʼlon qilindi
8–9-dekabrda respublikaning ba’zi joylarida yomg‘ir yog‘adi
8-dekabrdan O‘zbekistonga sovuq va nam havo kirib keladi — «O‘zgidromet»
8-dekabrdan O‘zbekistonga sovuq va nam havo kirib keladi — «O‘zgidromet» / Foto: Sapura Temirxanova / Kursiv Uzbekistan

Joriy yilning 8–10-dekabr kunlari O‘zbekiston hududiga nam va sovuq havo massalari kirib keladi. Bu haqda «O‘zgidromet» xabar berdi.

Tezkor gidrometeorologik axborotga ko‘ra, 8–9-dekabrda respublikaning ba’zi joylarida yomg‘ir yog‘adi. Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda esa 8–10-dekabr davomida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), vaqti-vaqti bilan kuchli bo‘ladi.

9–10-dekabr kunlari shimoliy va cho‘l hududlarida shamol kuchayadi. Ba’zi joylarda tezlik 15–18 m/s, ayrim hududlarda esa 20–22 m/s gacha yetishi mumkin.

10-dekabrga kelib markaziy hududlarda kechalari 2–5 daraja sovuq, kunduzi 3–6 daraja iliq bo‘ladi. Shimolda esa kechalari 7–10 daraja sovuq, kunduzi 0–3 daraja sovuq bo‘lishi kutilmoqda.

Avvalroq Qamchiq dovonida qor yog‘gani sabab ehtiyot choralari kuchaytirilgani xabar qilingandi. Unga ko‘ra, avtomobil yo‘lining 80 – 114 va 160 – 201 km oralig‘ida yomg‘ir, 114 – 160 km oralig‘ida esa qor yog‘moqda. Havo harorati -2 daraja, ko‘rish masofasi esa 500 metr atrofida.

Shuningdek