Kinotavsiya: dam olish kunlari qaysi filmlarni tomosha qilish mumkin

5-dekabr 2025 17:22 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
Kinotavsiya: dam olish kunlari qaysi filmlarni tomosha qilish mumkin
Kinotavsiya: dam olish kunlari qaysi filmlarni tomosha qilish mumkin / Kollaj: Kursiv Uzbekistan

Dam olish kunlari uchun qaysi filmni tanlashga ikkilanayotganlar uchun Kursiv Uzbekistan joriy yilda chiqqan turli janrdagi premyeralarni jamladi. Ushbu tanlov sizga dam olish kunlarini mazmunli o‘tkazish, yangi bilim olish va kayfiyatingizni ko‘tarish imkonini beradi.

«Jey Kelli» («Jay Kelly»)

«Jey Kelli» Netflix tomonidan joriy yilning noyabrida (O’zbekistonda 5-dekabr kuni) taqdim etilgan drama-komediya. Film rejissor Noy Baumbaxning yangi loyihasi hisoblanadi. Kartina ilk bor Venetsiya kinofestivali 82-sessiyasida namoyish etilgan va tanqidchilar tomonidan yuqori baholangan.

Film hikoyasida qarib borayotgan Jey Kelli o‘zining sodiq menejeri Ron bilan Yevropaga sayohatga otlanadi. Yo‘l davomida ular o‘z hayoti, o‘tmishi va shaxsiy munosabatlariga boshqacha nazar tashlab, aslida kim ekanini anglashga harakat qiladi. Film shon-shuhratning narxi, insoniy zaifliklar va o‘zini qayta topish jarayonini samimiy tarzda ko‘rsatadi.

«Sichqoncha shovqini» («Hvis ingen går i fella»)

«Sichqoncha shovqini» 2025-yil noyabrida (O‘zbekistonda 4-dekabr) taqdim etilgan oilaviy komediya-multfilm. Germaniya va Norvegiya hamkorligida yaratilgan bu kartina qiziqarli va kulguli sarguzashtlarni taqdim etadi.

Film voqealari kichik hayvonlar yashaydigan sokin hududda boshlanadi. Kutilmaganda paydo bo‘lgan xavf sabab qahramonlar tinchini yo‘qotadi va barcha mushkul vaziyatlar kulgili sarguzashtlarga ulanib ketadi. Multfilmda do‘stlik, hamkorlik va jasorat mavzulari quvnoq tarzda aks etadi.

«Tron: Ares»

Joriy yilning oktabrida Disney kinokompaniyasi tomonidan taqdim etilgan «Tron: Ares» mashhur «Tron» franshizasining uchinchi to‘liq metrajli filmi. Uni rejissor Yoaxim Ryonning suratga olgan. Film «Tron: Meros»ning bevosita davomi. Ushbu qismda voqealar yana raqamli olam va real hayot o‘rtasidagi qarama-qarshilik atrofida kechadi.

Filmning markazida Ares ismli ilg‘or sun’iy intellekt turadi. U laboratoriyada yaratilgan kuchli raqamli mavjudot bo‘lib, kutilmagan hodisalar tufayli real dunyoga o‘tish xavfi paydo bo‘ladi. Raqamli olam va insoniyat taqdiri o‘rtasida keskin tanlovlar boshidan kechiriladi. Film vizual effektlari, futuristik muhit va kuchli aktyorlik o‘yinlari bilan ajralib turadi.

Bundan oldin Kursiv Uzbekistan «Istisno usuli» filmi haqida ma’lumot bergandi

Shuningdek