Toshkent va Namangan viloyatlarida qor ko‘chishi xavfi e’lon qilindi
eʼlon qilindi
6–9-dekabr kunlari

6–9-dekabr kunlari respublika bo‘ylab kuzatiladigan yog‘ingarchilik va haroratning keskin pasayishi oqibatida Toshkent hamda Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi yuzaga kelishi mumkin. Bu haqda «O‘zgidromet» tezkor ogohlantirish bilan chiqdi.
Keskin ob-havo o‘zgarishi qor qatlamining beqarorlashuviga olib keladi va ko‘chish ehtimolini oshiradi.
Qaysi hududlarda xavf yuqori
- Toshkent viloyati: Bo‘stonliq, Ohangaron va Parkent tumanlarining Chotqol tizmasi hududlari.
- Namangan viloyati: Pop tumani tog‘li hududlari.
«O‘zgidromet» aholiga, ayniqsa tog‘li hududlarda yashovchilarga, dam oluvchilarga hamda shu yo‘nalishlarda harakatlanadigan haydovchilarga ehtiyot choralarini kuchaytirishni tavsiya qilmoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan 6-dekabr kuni qanday ob-havo kuzatilishi haqida yozgandi.