Kogonda portlovchi modda ishlab chiqarish sexida sodir bo‘lgan portlashda 4 kishi halok bo‘ldi

eʼlon qilindi
«Shams LTD» MChJga qarashli portlovchi moddalar ishlab chiqarish sexida
Foto: FVV

Buxoro viloyatining Kogon tumani Mustaqillik mahallasi hududida joylashgan «Shams LTD» MChJga qarashli portlovchi moddalar ishlab chiqarish sexida 6-dekabr kuni ertalab portlash sodir bo‘ldi. Hodisa soat 09:40 da yuz bergan bo‘lib, chaqnash oqibatida yong‘in kelib chiqqan.

Favqulodda vaziyatlar xizmatining ma’lum qilishicha, yong‘in joyiga yetib kelgan 7 ta qutqaruv bo‘linmasi olovni soat 10:27 da to‘liq bartaraf etgan.

Korxona haqida

«Shams LTD» MChJ 2019-yildan beri Markaziy Osiyo va O‘zbekiston tog‘-kon sanoati uchun yangi konlarni o‘zlashtirishda ishlatiladigan portlovchi moddalarni yetkazib berishga ixtisoslashtirilgan.

Talafotlar

Portlash sodir bo‘lgan paytda sexda 30 nafar ishchi bo‘lgan. Ulardan 4 nafari halok bo‘lgan. Yengil jarohat olgan 4 nafar xodim shifoxonaga yotqizilgan, ulardan 2 nafari ko‘rikdan so‘ng uyiga javob berilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev Gulistondagi portlashda jarohat olganlarni borib ko‘rgani haqida yozgandi.

Shuningdek