7-dekabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi

eʼlon qilindi
Toshkent va Namangan viloyatlarida qor ko‘chishi xavfi bor
7-dekabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi
7-dekabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi / Foto: Sapura Temirxanova / Kursiv Uzbekistan

Joriy yilning 7-dekabr kuni O‘zbekiston hududida havo o‘zgaruvchan bo‘lishi kutilmoqda. Ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi, shimolda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin. Ba’zi hududlarda tuman tushishi kuzatiladi.

Quyida ob-havo ma’lumoti hududlar kesimida:

Hudud/ViloyatKunduzgi haroratHolat
Toshkent shahri11…13° iliqHavo o‘zgaruvchan. Ertalab yomg‘ir, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechqurun biroz yomg‘ir bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 3–8 m/s.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati1…8° iliqHavo o‘zgaruvchan. Ba’zi joylarda yomg‘ir, shimolda qor. Tuman kuzatilishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 m/s.
Buxoro va Navoiy viloyatlari10…15° iliqHavo o‘zgaruvchan, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda tuman. Shamol sharqdan 7–12 m/s.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax viloyatlari10…15° iliqHavo o‘zgaruvchan. Ba’zi joylarda yomg‘ir va tuman. Shamol sharqdan 7–12 m/s.
Samarqand viloyati10…15° iliqHavo o‘zgaruvchan, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 m/s.
Qashqadaryo viloyati12…17° iliqHavo o‘zgaruvchan, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 m/s.
Surxondaryo viloyati12…17° iliqHavo o‘zgaruvchan. Kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir. Shamol sharqdan 7–12 m/s.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari6…11° iliqHavo o‘zgaruvchan, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda tuman. Shamol sharqdan 5–10 m/s.
Respublikaning tog‘li hududlari2…7° iliqBa’zi joylarda yomg‘ir va qor. Tuman. Toshkent va Namangan viloyatlarida qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol sharqdan 7–12 m/s.

Avvalroq 6 – 9-dekabr kunlari respublika bo‘ylab kuzatiladigan yog‘ingarchilik va haroratning keskin pasayishi oqibatida Toshkent hamda Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi yuzaga kelishi mumkinligi xabar qilingandi.

Shuningdek